Peru polisiyasi Lima shahrida "Barselona" hujumchisi Lionel Messi brendi ostida kokain moddasini ushladi, deya xabar beradi ESPN.
Giyohvand moddalar argentinalik futbolchi surati va imzosi aks ettirilgan qutichalarga joylangan.
Umumiy hisobda 1 417 kg kokain moddasi ushlangan. Mutaxassislar fikricha, bu partiyaning narhi 85 mln dollarga teng.