Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

«MYU» Bastian Shvaynshtaygerning AQSH chempionatiga yo‘l olganini e’lon qildi

«MYU» Bastian Shvaynshtaygerning AQSH chempionatiga yo‘l olganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi matbuot xizmati germaniyalik yarimhimoyachi Bastian Shvaynshtayger AQSHning MLS ligasi vakili – «Chikago Fayr» klubiga o‘tganini tasdiqladi. Bu haqda «Sports.ru» xabar bermoqda.

Har ikki klub va 32 yoshli futbolchi transfer borasida kelishuvga erishdi. Shvaynshtayger tibbiy ko‘rikdan o‘tib, AQSH vizasini olganidan keyin kelishuv rasman yakuniga yetadi.

«Manchester Yunayted»da ko‘plab do‘stlarimni tark etayotganimdan afsusdaman. «Chikago Fayr» chaqiruvini qabul qilishga ruxsat bergani uchun klubdan minnatdorman. «MYU» futbolchilari, murabbiyi va xodimlari bilan ishlashdan zavq oldim va ularga kelajakda omad yor bo‘lishini tilab qolaman. Ayniqsa, «Manchester Yunayted» muxlislariga rahmat aytaman – ularning daldasi menga yordam bergandi" - dedi Shvaynshtayger.

Germaniyalik futbolchi yangi klub safiga qo‘shilishni sabrsizlik bilan kutayotganini aytdi.

"O‘tgan yili Angliya Kubogi sohibi bo‘lgan jamoaning bir qismi ekanimdan mamnunman. Bu klubning hissiyotlari va kuch-quvvatini doim eslab yuraman. Ayni vaqtda Chikagoda yangi sahifa boshlash uchun ajoyib vaqt. Buni sabrsizlik bilan kutyapman" - dedi Shvaynshtayger.

Ma’lum qilinishicha, Bastian Shvaynshtayger MLS klubi bilan «1+1» ko‘rinishda shartnoma imzolagan. Uning yillik maoshi 4,5 million dollarga teng bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Germaniyaning «Bavariya» klubida (2002–2015) o‘tkazgan Shvaynshtayger 2015 yilning yozida «MYU»ga kelib qo‘shilgan edi. U shu kungacha APL doirasida jami 18 uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:53, 25.03.2017.
O'qildi: 8458 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик