Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Formula 1. Sebastian Fettel Avstraliya gran prisida g‘olib bo‘ldi

Formula 1. Sebastian Fettel Avstraliya gran prisida g‘olib bo‘ldi

Baho:
+ | -

Bugun Avstraliyaning Melburn shahrida Formula 1 poygalari bo‘yicha mavsumning ilk gran prisi bo‘lib o‘tdi.

Yangi rahbariyat kelgach “qirollik poygalari” ham yanada tezkor va yanada tomosha bop bo‘ldi deyish mumkin. Bunga saralash bahsida Mersedes jamoasi vakili Lyuis Hemilton tomonidan trassaning yangi rekordi o‘rnatilgani misol bo‘la oladi.

Poyga ham saralash bahsida bo‘lgani singari qiziqarli va murosasiz ruhda o‘tdi. Ferrari va Mersedes bolidlari g‘oliblik uchun da’vogarlik qilishdi.

Poulni qo‘lga kiritgan britaniyalik Hemilton startda yetakchilikni o‘zida saqlab qolgan bo‘lsada birinchi pitstopdan so‘ng asosiy raqibi Sebastian Fettelni oldinga o‘tkazib yubordi va poyga yakuniga qadar Ferrari bolidiga yaqinlasha olmadi.

3-pog‘ona uchun ham Mersedes va Ferrari jamoasining finlandiyalik vakillari Valteri Bottas va Kimi Raykonen bahs olib borishdi. Yakunda Bottas 3-o‘rinni o‘zida saqlab qola oldi va shoxsupaga ko‘tarildi.

Red Bull jamaoasi a’zosi Maks Ferstappen bu gran prida o‘z imkoniyati darajasida ishtirok eta olmadi 5-pog‘ona bilan cheklandi. Uning jamoadoshi va mezbon poygachi Daniel Rikkiardo esa boliddagi muammolar sabab poygani erta yakunlashga majbur bo‘ldi.

Shu tariqa 2012-yildan buyon ilk marta Fettel yana turnir jadvalida peshqadamga aylandi. Germaniyalik poygachi italiyan bolidida o‘zining 4-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 17:55, 26.03.2017.
O'qildi: 7026 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.