Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

JCH–2018 saralashi. O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi prevyusi

JCH–2018 saralashi. O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -

Osiyo mintaqasidan JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turida O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qatar futbolchilariga qarshi bahs yuritadi.

Mazkur o‘yin 28 mart, seshanba kuni Toshkent shahridagi 34 ming muxlisga mo‘ljallangan “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv soat 18:00 da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar

O‘zbekiston terma jamoasi Qatarga qarshi 12 ta bellashuvda ishtirok etib, 7 marta g‘alaba qozongan. 3 o‘yinda qatarliklar zafar quchgan va 2 tasida tomonlar murosa ko‘chasini tanlagan. Qatar terma jamoasi Toshkentda 4 marta mehmon bo‘lib, barchasida imkoniyatni boy bergan.

Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi 5 uchrashuv natijasi:

06.09.2016
Qatar – O‘zbekiston 0:1 | JCH–2018 saralashi

06.10.2014
Qatar – O‘zbekiston 3:0 | O‘rtoqlik uchrashuvi

18.06.2013
O‘zbekiston – Qatar 5:1 | JCH–2014 saralashi

16.10.2012
Qatar – O‘zbekiston 0:1 | JCH–2014 saralashi

07.01.2011
Qatar – O‘zbekiston 0:2 | Osiyo Kubogi–2011 saralashi

FIFA reytingidagi o‘rni

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda 561 ochko bilan FIFA reytingida 63-pog‘onadan joy egallab turibdi. Osiyo mamlakatlari orasida milliy terma jamoa Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Saudiya Arabistonidan keyin oltinchi o‘rinda joylashgan.

Qatar terma jamoasi 415 ochko bilan jahon reytingida 84-pog‘onada bormoqda. Osiyo mamlakatlari orasida esa Qatar yuqoridagi mamlakatlar va BAAdan keyin 8-o‘rinda bormoqda.

Yo‘qotishlar

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov jarohati tufayli, Islom To‘xtaxo‘jayev esa sariq kartochkalari to‘planib qolgani uchun Qatarga qarshi o‘yinni qo‘yib yuboradi.

Qatar safida Bualem Xuxi Eron bilan bahsda ogohlantirish olgandi va shu sababli bitta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Uchrashuv rasmiylari

Uchrashuv bosh hakami etib iroqlik Muhammad Qosim Sarray tayinlandi. Qanotlarda uning hamyurtlari Muhammad Muayyad Ali va Vothiq Obaid al-Suaydi ishlaydi.

To‘rtinchi hakam vazifasini ham iroqlik Zoid Tamer Muhammad bajaradi. Hakamlar nazoratchisi – Yoqub Muhammad Rodzali (Malayziya). Uchrashuv komissari etib hindistonlik Prins Rufus tayinlandi.

Guruhdagi vaziyat

JCH–2018 turniriga Osiyo mintaqasidan saralash bosqichi “A” guruhi 6-turidan keyin Eron terma jamoasi 14 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 6-turda mag‘lubiyatga uchragan Janubiy Koreya 10 ochko bilan 2-o‘rinni saqlab qoldi. Safarda Suriyaga imkoniyatni boy bergan O‘zbekiston terma jamoasi ham 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. Keyingi o‘rinlardan mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar (4 ochko) terma jamoalari joy egallagan.


Bugun, 28 mart kuni “A” guruhida, shuningdek, Eron terma jamoasi o‘z maydonida Xitoyni qabul qildi. Suriya termasi esa Janubiy Koreya mehmoni bo‘ldi.

JCH–2018 saralashi
“A” guruhi, 7-tur

Janubiy Koreya – Suriya (16:00 )

Eron – Xitoy (17:00)

O‘zbekiston – Qatar (18:00)

Izoh: Yuqoridagi soatlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 08:31, 28.03.2017.
O'qildi: 15297 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.