Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

“Bunyodkor-2006” Rossiyadagi turnir finaliga chiqdi

“Bunyodkor-2006” Rossiyadagi turnir finaliga chiqdi

Baho:
+ | -

“Bunyodkor”ning 2006 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari ayni kunlarda Rossiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etishmoqda.

Akmal Risqullayev boshchiligidagi tarbiyalanuvchilar Stavropol o‘lkasida Rossiya qahramoni Vladislav Duxin xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Turnirda jami 12ta jamoa 4ta guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kurashga kirishishgan edi. Birinchi turda bunyodkorchilar Novopavlovskning “Kaskad” jamoasi ustidan 11:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Abdurahmon Abdusamatov (3ta), Abdurahim Ismoilov (3ta), Nikita Karpenko (3ta), Otabek Boltayev va Muslim Jamoliddinov mualliflik qilishdi.

Ikkinchi tur uchrashuvda Stavropolning “Kojanniy myach” klubi bilan kuch sinashildi va unda hisob ochilmadi – 0:0. Shu tariqa, yosh “qaldirg‘ochlar” guruhda birinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘llanma olishdi.

1/4 finalda Astraxanning “Volgar” klubi 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratildi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol Shamsiddin Tursunmahammadov tomonidan kiritildi.

Yarim final uchrashuvi anchayin qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Belgorodning “Raduga” klubiga qarshi kechgan bahsning asosiy qismida kuchlar teng keldi – 1:1. Jamoaning yagona golini shu kuni o‘zining tavallud ayyomini nishonlagan Abdurahim Ismoilov kiritdiyu Asosiy vaqtda durang qayd etilgach, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. “Lotereyalar bahsi”da tarbiyalanuvchilarimiz omadliroq chiqishdi va raqibdan 4:2 hisobida ustun kelishdi.


30 mart kuni mahalliy vaqt bilan 14:00da (Toshkentda 16:00 bo‘ladi) hal qiluvchi final uchrashuvi boshlanadi. Unda Akmal Risqullayev boshchiligidagi “Bunyodkor-2006” jamoasi “Krasnodar” klubi tarbiyalanuvchilari bilan kuch sinashadi.


Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 12:05, 30.03.2017.
O'qildi: 5753 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.