Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

“Bunyodkor-2006” Rossiyadagi xalqaro turnir g‘olibi!

“Bunyodkor-2006” Rossiyadagi xalqaro turnir g‘olibi!

Baho:
+ | -

Toshkentning “Bunyodkor” futbol maktabining 2006 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari Rossiyadagi xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldilar.

Avval xabar berib o‘tganimizdek, Akmal Risqullayev murabbiyligidagi “Bunyodkor-2006” jamoasi Stavropol o‘lkasida Rossiya qahramoni Vladislav Duxin xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqaning finaliga yo‘llanma olishgan edi.

Hal qiluvchi bahsda vakillarimiz “Krasnodar” tarbiyalanuvchilari bilan kuch sinashishdi. Qiziqarli kechgan bahsda “Bunyodkor-2006” vakillari raqiblarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishib, bosh sovrin egasiga aylanishdi. Jamoamizga g‘alaba keltirgan gollarga Abdurahim Ismoilov hamda Islom Anvarov kiritishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, butun turnir davomida o‘z darvozasidan bironta ham gol o‘tkazib yubormagan posbonimiz Muslim Abdumannopov eng yaxshi darvozabon sovrinini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi nominasiyasida Shamsiddin Tursunmuhammadov g‘olib deb topildi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan Akmal Risqullayev murabbiyligidagi “Bunyodkor-2003” a’zolarini tabriklaymiz.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 17:38, 31.03.2017.
O'qildi: 7794 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.