Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Ilhom Mo‘minjonov: "Bugun maydonda keskin kurash kechdi"

Ilhom Mo‘minjonov: "Bugun maydonda keskin kurash kechdi"

Baho:
+ | -

"Dinamo" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

"Samarqandliklarning o‘yin uslubini jiddiy tarzda o‘rganib chiqqandik. Bir xafta ichida "Dinamo" jamoasining uchta uchrashuvi yozilgan video roliklarni kuzatib, shundan kelib chiqqan holda tayyorgarlik ko‘rgandik. Xudoga shukur, yigitlar bugun berilgan ko‘rsatmani bexato bajarishdi. Shogirdlarim raqibning ikki futbolchisi Sardor Sulaymonov va Javohir Qahramonovlarga o‘z ishini to‘g‘ri bajarishga imkon berishmadi. "Dinamo" o‘z uyida "Sho‘rtan"ni mag‘lub etgan uchrashuvini sinchkovlik bilan o‘rgangandik. Ayniqsa Sardor Sulaymonov 90 daqiqa davomida tinmadi. Yarim himoyaning o‘ng qanotiga esa Alisher Samatovni bejizga qo‘ymadim. Bugun Alisher Javohir Qahramonovning urunishlarini bartaraf qildi. O‘yindan avval ham shogirdlarimga ushbu ikki futbolchiga alohida e’tibor qaratish shartligini ko‘p bora ta’kidladim. Oybek Qilichev maydondan chetlatilganida nima sababdan bunday bo‘lganini avvaliga tushunmadim. Bor e’tiborim o‘sha paytda maydonga qaratilgandi. Zaxira hakamidan so‘rasam u javob bermadi. Bosh hakam futbolchimizni so‘kingani va qo‘li bilan nomaqbul ishoralar qilganini aytdi. Tan olaman bu xaqqoniy chetlatish. Bunday qilish mumkin emas. Qilichev "Navbahor" tomonidan ham jazolanadi. Mansur Saidovning bugun o‘yinda yo‘qligi sezildi. U bugungi kunda O‘zbekistonning kuchli beshtaligiga kiradigan yarim himoyachi hisoblanadi. Saidovga juda qiyinchilik bilan “Navbahor” a’zosiga aylantirgandik. Afsuski jarohat tufayli bugun maydonga tusha olmadi. Uning o‘rnida o‘ynagan Oybek Qilichev yaxshi taassurot qoldirdi. Namanganda "Neftchi" va safarda "Qizilqum" bilan kechgan o‘yinlarda atigi bir ochko ishladik, xolos. Ammo, ko‘rsatgan o‘yinimiz menga manzur bo‘lgandi. Jamoamiz muxlislari ham o‘yin uslubimizni ma’qullashgan. "Dinamo"ga qarshi bahsda uch ochko biz uchun muhim edi. Namanganga g‘alaba bilan qaytishimizdan xursandmiz. Samarqandliklarga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Jamoa yosh o‘yinchilardan iborat. Ularning tarkibi yaxshi shakllanibdi. Qolaversa raqib murabbiylar shtabida ham yaxshi mutaxassislar ish olib borishmoqda. Muxlislar bilan to‘lgan o‘yingohda o‘ynash bizga bosim o‘tkazmaydi. Bosim futbolchilarimizga ta’sir o‘tkazganida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lardik. Ruhiy jixatdan ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rganmiz. Sariq kartochkalar? Jamoalar shiddatli futbol namoyish qilishgani, maydonga g‘alabani ko‘zlab chiqqanimiz sababli futbolchilar asabiylashishdi. Shuning uchun ogohlantirishlar soni ko‘p bo‘ldi. Maydonda har bir santimetr uchun kurash kechdi. "Dinamo" shu paytgacha hech bir jamoaga imkon qoldirmay va gol o‘tkazmay kelayotgan jamoalardan biri edi. Ularga barcha havas qiladi" - dedi Mo‘minjonov.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:47, 31.03.2017.
O'qildi: 8088 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.