Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Sho‘rtan" bosh murabbiyini iste’foga chiqarib, ikki futbolchini haydadi

"Sho‘rtan" bosh murabbiyini iste’foga chiqarib, ikki futbolchini haydadi

Baho:
+ | -

Bugun «Sho‘rtan» klubining G‘uzordagi qarorgohida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda jamoa rahbariyati, xodimlar, murabbiylar guruhi va futbolchilar ishtirok etishdi. «Sho‘rtan» klubining 2017 yil mavsumidagi 4ta uchrashuvdan so‘nggi 3tasida ketma-ket mag‘lubiyatga uchrab, qoniqarsiz natija ko‘rsatganligi, qolaversa bundan oldin ogohlantirilganiga qaramasdan, ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmagani uchun bosh murabbiy Aleksandr Volkov iste’foga chiqarildi.

Bundan tashqari, o‘z ustida ishlamagani va sport tayyorgarligini, jismoniy holatini pasaytirib yuborgani uchun futbolchilar Ruslan Vagapov hamda Jahongir Jiyamurodov bilan tuzilgan shartnoma muddatidan oldin bekor qilindi. Shu kunga qadar jamoada texnik direktor lavozimida ishlab kelayotgan Ixtiyor Karimov "Sho‘rtan"ga vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 21:45, 02.04.2017.
O'qildi: 16282 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик