Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

La liga. «Barselona» «Granada»ga imkoniyat qoldirmadi

La liga. «Barselona» «Granada»ga imkoniyat qoldirmadi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida "Barselona" safarda "Granada" mehmoni bo‘ldi. Kataloniyaliklar safida Lionel Messi harakat qilmaganiga qaramay, Enrike shogirdlari yirik hisobda g‘alabani tantana qilishdi.

Birinchi bo‘lim qahramoni sifatida "Granada" posboni Gilyermo Ochoani ta’kidlash lozim. Meksikalik darvozabon raqibning juda ko‘plab xavfli zarbalarini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Shunga qaramay, birinchi bo‘lim tugash arafasida Luis Suares mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim avvali granadaliklar uchun omadli keldi. Zaxiradan maydonga tushgan Jeremi Boga darvozabon yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, hisobni tenglashtirdi.

"Barselona" yana hisobda oldinga chiqib olishi uchun 14 daqiqa kerak bo‘ldi. Suaresning uzatmasidan keyin Pako Alkaser darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, o‘z maqsadiga erishdi.

So‘nggi daqiqalarda "ko‘k-anorranglilar" raqib darvozasiga yana 2 marta yo‘l topishdi. Dastlab Ivan Rakitich jarima maydonchasi chizig‘i ustida bergan zarba natijasida to‘p rekoshet holatda to‘rga borib tushdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Neymar ham o‘z hisobiga bitta gol yozishga muvaffaq bo‘ldi. Bu braziliyalik futbolchining "Barsa" safidagi yubiley — 100-goli bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barselona"ning ochkolari soni 56taga yetdi. Jamoa "Real"dan 2 ochko ortda qolmoqda.

Ispaniya La ligasi, 29-tur
GRANADA – BARSELONA - 1:4 (0:1, 1:3)
2 aprel, 23.45, «Nuevo Los Karmenes»
Gollar: 0:1 – 44 Suares, 1:1 – 50 Boga, 1:2 – 64 Pako Alkaser, 1:3 – 83, avtogol SonYE, 1:4 – 90 Neymar.
Granada – Ochoa, Lomban, Silva (Kuenka, 78), Litri, SonYE, Angban (Boga, 46), Agbo, Muborak, Pereyra, FulkYE, Kraves (Ramos, 55).
Barselona – ter Shtegen, Maskerano, MatYE, Alba, Rakitich (Alenya, 87), Serji Roberto, Andre Gomesh (Inyesta, 67), Buskets, Rafinya (Pako Alkaser, 17), Neymar, Suares.
Ogohlantirishlar: Serji Roberto (28), Lomban (59), Alba (60), Rakitich (77), Agbo (79).
Chetlatish: Agbo (82).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:39, 03.04.2017.
O'qildi: 14578 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик