Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Karatechi Sadriddin Saymatov Premyer liganing qatorasiga uchinchi oltin medaliga sazovor bo‘ldi

Karatechi Sadriddin Saymatov Premyer liganing qatorasiga uchinchi oltin medaliga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Karate bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sadriddin Saymatov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan “Premyer-liga Karate 1 – 2017” nufuzli xalqaro turnirida ham oltin medalga sazovor bo‘lib, Premyer Liganing ketma-ket uchta bosqichida zafar quchishni uddaladi. 31 mart - 2 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqada dunyoning 76 mamlakatidan 900 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.

60 kg vazn toifasida kumite bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz finalga qadar David Gchebugava (Gruziya), Bexnaman Maxzavi (Eron), Daniel Barkinda (SHvesiya), Stepan Yefimenko (Rossiya), Angelo Kremenso (Italiya) va Samdan Eray (Turkiya)larni mag‘lub etgandi. Hal qiluvchi bahsda esa Sadriddinga turkiyalik yana bir sportchi Aykut Kayya ro‘baro‘ keldi. Final uchrashuvida raqibini 8:5 hisobida mag‘lub etgan Sadriddin Saymatov oltin medalni qo‘lga kiritib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Ushbu vazn toifasida bronza medallari eronlik Amir Mahdizoda va turkiyalik Samdan Eraylarga nasib qildi.

E’tiborli jihati, O‘zbekiston milliy terma jamoasining katta murabbiyi O‘ktam Bekpo‘latovning shogirdi, termizlik 19 yoshli Sadriddin Saymatov o‘zining bu natijasi bilan “Premyer Liga Karate 1 -2017” turnirida ketma ket uchinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar hamyurtimiz yil boshidan beri Parij va Rotterdam shaharlarida o‘tkazilgan Premyer Liga bosqichlarida ham birinchi o‘rinni egallagandi.

Ma’lumot uchun, Premyer Liga turniri jahon kubogi darajasidagi musobaqa bo‘lib, beshta bosqichdan iborat bo‘ladi. Joriy yilda ushbu musobaqalarga Parij (Fransiya), Rotterdam (Gollandiya), Dubay (BAA), Rabot (Marokash) va Leypsig (Germaniya) shaharlari mezbonlik qiladi. E’tiborlisi, Premyer Liga bosqichlari 2020 yili Tokio mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadi. Hozirda o‘zbek karatesi tarixida birinchi marta vatandoshimiz jahon reytingida birinchi o‘rinda bormoqda va ushbu natijasini saqlab qola olsa Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlari lisenziyasiga ega bo‘lishi shubhasiz.

Ta’kidlash kerakki, kelasi oyda O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi Prezidenti Alamjon Mullayevning taklifiga ko‘ra Butunjahon karate federasiyasi (WKF) Prezidenti Antonio Espinoza poytaxtimizga tashrif buyuradi. O‘z navbatida bu uning Markaziy Osiyoga uyushtiradigan ilk safari bo‘ladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 13:06, 03.04.2017.
O'qildi: 6116 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.