Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Kuchli beshlikning eng murosasiz jamoalari

Kuchli beshlikning eng murosasiz jamoalari

Baho:
+ | -

Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida mavsum oxirlab borayotgan bir paytda jamoalarni turli tasniflar orqali tahlil qilishga qiziqish ortmoqda. Shu asnoda Ispaniya La Ligasi, Germaniya Bundesligasi, Angliya Premyer Ligasi, Italiya A seriyasi va Fransiya 1 Ligasida ushbu mavsumda eng kam durang qayd etayotgan jamoalarni taqdim etamiz.

Kuchli beshlikning eng murosasiz jamoasi nomini ikki klub bo‘lishib turibdi va ularning ikkalasi ham Italiyada. A seriyaning 30 turi ortda qolgan bir vaqtda peshqadam «Yuventus» hamda ikkinchi o‘rindagi «Napoli» atigi ikki martadan durang o‘ynagan. E’tiborlisi ular aynan 30-turda o‘zaro o‘yinda durang qayd etdi va bungacha ularda faqatgina bittadan durang natija bor edi.

Ikkinchi o‘rinda uchtadan durang qayd etgan uchta jamoa bormoqda. Bular – Angliya Premyer Ligasi peshqadami «Chelsi», Fransiya 1 Ligasida 4-o‘rinda borayotgan «Lion» hamda Germaniya Bundesligasining yaqqol autsayderi, turnir jadvalida so‘nggi 18-o‘rinda borayotgan «Darmshtadt».

To‘rttadan durang hozircha biryo‘la 10 ta jamoa tomonidan qayd etilgan: La Ligada «Real Sosedad» (7-o‘rin), Bundesligada «RB Leypsig» (2-o‘rin), «Gerta» (6-o‘rin) va «Ingolshtadt» (17-o‘rin), Premyer Ligada «Kristal Pelas» (16-o‘rin) va «Suonsi» (17-o‘rin), A seriyada «Atalanta» (5-o‘rin), «Inter» (6-o‘rin) va «Sassuolo» (15-o‘rin) hamda 1 Ligada «Loryan» (19-o‘rin).

15 ta jamoa hozircha besh martadan murosa ko‘chasini tanlagan: La Liga, Bundesliga va 1 Liga peshqadamlari «Real», «Bavariya» va «Monako», shuningdek, bu chempionatlardan yana «Atletik», «Selta», «Verder», «Bayer», «Mayns», «PSJ» va «Kan», Premyer Ligadan «Byornli» va «Sanderlend» hamda A seriyadan «Kyevo», «Kalyari» va «Krotone».

6 ta durang shu paytgacha 13 ta jamoa tomonidan qayd etilgan bo‘lib, La Ligada «Barselona» va «Valensiya», Bundesligada «Borussiya» (Myonxengladbax), «Volfsburg» va «Gamburg», Premyer Ligada «Arsenal», «Lester», «Vest Hem» va «Hall Siti», A seriyada «Lasio», «Milan» va «Palermo», 1 Ligada esa «Anje» aynan shunday natija qayd etgan.

Umuman, kuchli beshlikning eng murosasiz chempionati Bundesliga bo‘lib turibdi: ushbu mavsumda hozircha atigi 55 ta durang qayd etilgan. Biroq Bundesligada boshqa chempionatlardan ko‘ra kam o‘yin o‘tkazilganini ham unutmaslik lozim – 18 jamoa ishtirok etadigan chempionatda ayni paytda 27-tur o‘yinlari davom etmoqda.

30-tur yakunlangan A seriyada hozircha 60 ta durang qayd etilgan va o‘yinlar/duranglar nisbatida aynan italyanlar yetakchilik qilmoqda. Shu paytgacha 69 ta durang qayd etilgan Premyer Ligada hozirda 31-tur davom etmoqda, biroq ikkinchi davra boshidan buyon ko‘plab o‘yinlar qoldirilgan.

30-turi boshlangan La Ligada hozirgacha jamoalar 74 marta durang o‘ynagan, bu yerda qoldirilgan o‘yin faqat bitta – «Selta» – «Real». Nihoyat eng ko‘p durang o‘ynalgan chempionat Fransiya 1 Ligasi: 79 ta. Ushbu musobaqada 31-tur yakunlangan, qoldirilgan o‘yinlarning jami soni esa 3 ta.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 22:12, 05.04.2017.
O'qildi: 9234 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик