Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

La liga. «Barselona» «Sevilya»ga imkoniyat qoldirmadi

La liga. «Barselona» «Sevilya»ga imkoniyat qoldirmadi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Sevilya"ni qabul qildi. Xorxe Sampaoli shogirdlari "ko‘k-anorranglilar"ga jiddiy qarshilik ko‘rsatishi kutilgandi, ammo andalusiyaliklarning qarshiligi bor-yo‘g‘i 25 daqiqa davom etdi xolos.

Dastlab Luis Suares chalqancha uslubda zarba berib, hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Lionel Messi raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi. Argentinalik futbolchi o‘zining birinchi golini qarshi hujum paytida, ikkinchisini burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin urdi.

Ikkinchi bo‘limda "Barselona" kuchni tejagan holda o‘ynadi. Natijada mehmonlar bir nechta vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Biroq Sarabiyaning zarbalarini Ter Shtegen qaytarishga muvaffaq bo‘ldi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ushbu g‘alaba tufayli "Barsa" o‘z ochkolarini 69taga yetkazib, vaqtinchalik bo‘lsa-da, jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya La ligasi, 30-tur
"BARSELONA" - "SEVILYA" 3:0 (3:0)
5 aprel, 22.30, «Kamp Nou»
Gollar: 1:0 – 25 Suares, 2:0 – 28 Messi, 3:0 – 33 Messi.
Barselona – ter Stegen, Messi, Pike (Din, 77), Umtiti, Inyesta, Maskerano, Buskets, Rakitich (Alenya, 80), Serdji Roberto, Neymar, Suares (Pako Alkaser, 65).
Sevilya – Riko, Parexa, Langle, Eskudero, Merkado (Kranevitter, 46), Korrea, Nasri (Sarabiya, 46), Nzonzi, Iborra (Yovetich, 76), Vitolo, Mariano.
Ogohlantirishlar: Pike (15), Iborra (38), Vitolo (57), Buskets (71), Rakitich (78), Alenya (84).
Chetlatish: Vitolo (90+1).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:22, 06.04.2017.
O'qildi: 9087 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.