«Bavariya» hujumchisi Kingsli Koman «Arsenal» klubiga o‘tishi mumkin.
«Yuventus»ga tegishli bo‘lgan 20 yoshli futbolchi ayni paytda «Bavariya»da ijarada o‘ynamoqda. Telefoot xabariga ko‘ra, «Arsenal» futbolchining transferi yuzasidan rasmiy taklif jo‘natgan.
Joriy mavsumda u Bundesliganing bor yo‘g‘i 7 o‘yinida maydonga tushgan. Futbolchi bilan «Man Siti» va «Chelsi» ham qiziqmoqda.