Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Navbahor» yoshlarining g‘alabasiz seriyasi davom etmoqda

«Navbahor» yoshlarining g‘alabasiz seriyasi davom etmoqda

Baho:
+ | -

Yoshlar ligasining navbatdagi turida Muborakning “Mash’al” jamoasini qabul qilgan “Navbahor” yoshlari bu safar ham g‘alaba qozonishni uddasidan chiqa olishmadi.

2017 yilgi birinchilikning ortda qolgan to‘rtta bahsida atigi bir ochko jamg‘argan «navbahor»chilar g‘alabaga bo‘lgan umidni keyingi turga qoldirishga majbur bo‘lishdi.

“Mash’al” jamoasi yoshlari 90 daqiqalik bahs davomida «navbahor»chilardan ustun ekanliklarini namoyish etishdi. Uchrashuvning debyut qismida muborakliklar ikki bor yaxshigina imkoniyatga ega bo‘lishdi. Avvaliga Shokir Yuldashevning 17 metrlardan tepgan to‘pini Nodir Ashurmatov qaytarib qolgan bo‘lsa, Siroj Meliyevning tepgan to‘pi darvoza ustunidan qaytdi. «Navbahor»chilar bunga Ilhom Aliboyev va Akbarali Xoldorovning zarbalari bilan javob qaytarishdi. Lekin, «navbahor»chilarning yakuniy zarbalari noaniq ko‘rinish oldi. 31-daqiqaga kelib esa uchrashuvda hisob ochildi. Siroj Meliyev burchakdan oshirib berilgan to‘pni o‘tkir burchak ostida bo‘lishiga qaramay darvozaga yo‘llashni uddasidan chiqdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib esa «navbahor»chilar himoyasida yuzaga kelgan xatodan Maradona Safarov unumli foydalanib, hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshlarida “Mash’al” futbolchilari uchinchi golni ham urishga erishishdi. Markazda amalga oshirilgan jarima zarbasidan keyin tashkil etilgan kombinasiyani Mo‘minjon Meliyev gol bilan yakunladi. «Navbahor»chilarda o‘yin yakuniga qadar hisobni qisqartirish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Xususan tanaffusdan keyin safga qo‘shilgan Ravshan Xursanovni o‘zi ikki bor muvaffaqiyat qozonishi mumkin edi. Dastlab Xursanov himoyachilar ta’qibidan qochib ketib, yakuniy zarbani berishda xatoga yo‘l qo‘ydi. 74-daqiqada esa Ravshan “Mash’al” darvozasiga belgilangan penaltini golga aylantira olmadi. Futbolchining tepgan to‘pini muborakliklar posboni Rahim Davronov qaytarishga erishdi. Abduaziz Sultonovning takroriy zarbasini ham darvozabon bartaraf etishni uddasidan chiqdi.

Yoshlar ligasi, 5-tur
“Navbahor” – “Mash’al” – 0:3 (0:2).
6 aprel. To‘raqo‘rg‘on. “Yoshlik” o‘yingohi.
Hakamlar: D. Klepikov, M. Nexochin, R. Odilov, A. Rajabbayev.
Nazoratchi – A.Arutyunov.
“Navbahor”: 12. Nodir Ashurmatov (1. Isroil Obidjanov, 79), 4. Javohir Olimjonov, 5. Timur Tolipov, 16. Ahmad Mamadaliyev (2. Bilol Toshmirzayev, 46), 17. Ilhom Boydedayev, 18. G‘olibbek Karimov (3. Ibrohim Ismoilov, 83), 22. Abduaziz Sultonov, 26. Islom Abduqodirov, 30. Iskandar Siddiqjanov (15. Muzaffar Abdullayev, 74), 48. Akbarali Xoldorov (77. Abdulaziz Nishonboyev, 57), 70. Ilhom Aliboyev (8. Ravshan Xursanov, 46).
“Mash’al”: 53. Rahim Davronov, 3. Timur Mamatov, 8. Siroj Meliyev, 16. Maradona Safarov, 17. Davron To‘rayev (18. Bekzod Tursunov, 75), 22. Shahzod Abdurahimov, 23. Shokir Yo‘ldoshev (70. Turg‘unpo‘lat Turg‘unov, 77), 24. Sardor Abduraimov (13. Iskandar Shodmonov, 80), 26. Igor Timanyuk (25. Shoxjahon Qilichev, 64), 47. Mo‘minjon Meliyev (10. Oybek Jo‘rayev, 68), 90. Vladislav Pavlenko (20. Zafar Akramov, 46).
Gollar: S.Meliyev (31), M.Safarov (35), M.Meliyev (59).
Amalga oshirilmagan penalti: R.Xursanov (74, darvozabon).
Ogohlantirishlar: I.Abduqodirov (18) - T.Mamatov (69), SH.Qilichev (74).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:46, 06.04.2017.
O'qildi: 5532 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.