Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/06 00:00 Angliya 0-0 Sloveniya
26/06 00:00 Daniya 0-0 Serbiya
26/06 03:00 Peru 0-1 Kanada
26/06 06:00 Chili 0-1 Argentina
26/06 20:00 Andijon 3-0 Navbahor
26/06 20:00 Metallurg 0-0 Nasaf
26/06 21:00 Slovakiya 1-1 Ruminiya
26/06 21:00 Ukraina 0-0 Belgiya
27/06 00:00 Chexiya 1-2 Turkiya
27/06 00:00 Gruziya 2-0 Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador 3-1 Yamayka
27/06 06:00 Venesuela 1-0 Meksika
27/06 20:00 Neftchi 1-1 Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor 1-0 Bunyodkor
28/06 03:00 Panama - AQSh
28/06 06:00 Urugvay - Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona - Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum - OKMK

Oliy liga 5-tur. «Navbahor» «Mash’al»dan ustun keldi

Oliy liga 5-tur. «Navbahor» «Mash’al»dan ustun keldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionati 5- tur o‘yinlari doirasida “Navbahor” o‘z maydonida Muborakning “Mash’al” klubini qabul qildi.

Asabiy kechgan bellashuvda “lochinlar” minimal hisobda g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Birinchi bo‘lim mezbonlar ustunligida o‘tdi. Jamoa “Mash’al” darvozasi oldida asosan xavfli vaziyatlarni standartlardan sodir qilishdi. Jarima va burchak to‘plari golga aylanishiga noaniqlik biroz pand berdi. Xavodagi to‘p uchun kurashlarda “lochinlar” raqibdan ustun chiqishdi. 20- daqiqada Tohir Shamshitdinov, 33- daqiqada Dilshod Jabborovning olis masofadan yo‘llagan zarbalari “Mash’al” futbolchilarini xavotirlanishiga sababchi bo‘ldi. Raqib o‘yinchilaridan Zafar To‘rayevning tepgan to‘plari xavfli tus olganini aytish lozim. Ammo uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar dahlsizligi saqlanib qoldi.

Uchrashuvning ikkinchi yarmi ham “Navbahor” ustunligida o‘tdi deyish mumkin. 69- daqiqaga kelib maydon egalari o‘z maqsadlariga yetishdi. Aziz Turg‘unboyevning o‘ng burchakdan jarima maydoniga to‘p oshirishidan so‘ng pala-partishlik yuzaga keldi. Bundan esa zaxiradan maydonga tushgan Xasanboy Ergashev unumli foydalanib, Ilyosov qo‘riqlagan darvozaga to‘pni joyladi. Ergashev "Navbahor" safida mavsumdagi debyut o‘yinini o‘tkazganini ham qo‘shimcha qilish lozim.
Gol urilgan vaziyatda “Mash’al” sardori Zafar To‘rayev bosh hakamga e’tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi. Oradan ikki daqiqa o‘tgach To‘rayev ikkinchi bor sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.
O‘yin oxirigacha bu hisob o‘zgarmadi.

“Navbahor” – “Mash’al” - 1:0 (0:0)

Gol: X. Ergashev (69)

7 aprel. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh. 16280 tomoshabin.
Hakamlar: T. To‘xtasinov, A. Marajabov, Z. Abdurahonov, D. Klepikov.
Nazoratchi – A. Arutyunov.
PFL vakili - SH. Rajabov.
“Navbahor”: 30.Asilbek Amanov, 2.Alisher Samatov, 4.Abbos Otaxonov, 5.G‘iyos Komilov, 9.Dilshod Jabborov, 10. Mansur Saidov (22.Ro‘zim Ahmedov, 55), 19.Mirzohid G‘ofurov (3.Xasan Ergashev, 64), 21.A’zam Aliyev, 32.Jahongir Mehmonov, 33. Tohir Shamshitdinov (77.Aziz Turg‘unboyev, 55), 84.Nemanya Yovanovich.
"Mash’al": 35.Javohir Ilyosov, 2.Iskandar Shoyqulov, 3.Sardor Rahmonov, 8.Mirzakamol Kamolov (63. Umidjon Sharipov, 72), 10.Xumoyun Murtazoyev, 13.SHahzod Shaymanov, 18.Abbos Shodmonov, 22.Bobur Qosimov (31.Igor Timanyuk, 85) 44.Asiljon Begimqulov, 77.Abdulloh Olimov (19. Zohir Qo‘ziboyev, 78), 90.Zafar To‘rayev.
Ogohlantirishlar: G‘. Komilov (43) – Z. To‘rayev (70), J. Ilyosov (70), S. Rahmonov (76), A. Begimqulov (88).
Chetlatish: Z. To‘rayev (73, ikkinchi ogohlantirish).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:28, 07.04.2017.
O'qildi: 6064 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.