"Barselona" hujumchisi Neymar diskvalifikasiya qilinishi mumkin.
Braziliyalik futbolchi La liganing 31-turida "Malaga" bilan uchrashuvning (0:2) 65-daqiqasida Diyego Lyorentega nisbatan qo‘polligi uchun maydondan chetlatildi.
Maydonni tark tayotib, Neymar zaxira hakamiga kinoyaviy tarzda qarsak chalib qo‘ydi. Agar tartib-intizom qo‘mitasi nosportcha harakat uchun jazolaydigan bo‘lsa, Neymar ikki-uch o‘yinga chetlatilishi mumkin.
Shu tariqa, Neymar 23 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan "Real" bilan uchrashuvda qatnasha olmasligi mumkin.