Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Alisher Usmonov "Paxtakor" aksiyalarining bir qismini sotib oldi

Alisher Usmonov "Paxtakor" aksiyalarining bir qismini sotib oldi

Baho:
+ | -

 

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov «Paxtakor» klubi aksiyalarining bir qismini sotib oldi.

63 yoshli tadbirkor asli o‘zbekistonlik bo‘lib, avval ham mamlakat sporti va madaniyatining rivojlanishi uchun sarmoya kiritishga tayyor ekanini ta’kidlab kelayotgandi. Ayni paytda Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasiga ham rahbarlik qiladi va Londonning «Arsenal» klubining 30% aksiyasiga ham ega.

10 aprel kuni Toshkentning “Paxtakor” klubida o‘tkazilgan yig‘ilishda Alisher Usmonov “Paxtakor”ning yangi aksioneri sifatida e’lon qilindi. Shuningdek, MOQ vise-prezidenti, O‘zbekiston Paralimpiya assosiasiyasi raisining o‘rinbosari Umid Axmatdjanov “Paxtakor” klubining bosh direktori etib tayinlandi.

2017 yil fevral oyida Forbesjurnali e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Usmonov 15,2 milliard dollar boyligi bilan rossiyaliklar orasida 5-o‘ringa, dunyo reytingida esa 66-o‘rinda bormoqda.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 10:52, 10.04.2017.
O'qildi: 22421 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик