O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 11 aprel kuni Osiyo Kubogi–2018 saralash musobaqasida Janubiy Koreya termasiga qarshi bahs olib bordi.
KXDR poytaxti Pxenyan shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Sherali Boboqulov shogirdlari 0:4 hisobida yutqazishdi.
Bu g‘alabadan so‘ng, Janubiy Koreya Osiyo chempionatining yagona yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston ayollar termasi esa 4 o‘yinda 6 ochko bilan guruhda 3-o‘rinda qoldi.
Osiyo Kubogi–2018 saralashi
“B” guruhi, 4-tur. 11 aprel
Janubiy Koreya - O‘zbekiston – 4:0