Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Oliy liga. “Lokomotiv” – “Nasaf” uchrashuviga oid faktlar

Oliy liga. “Lokomotiv” – “Nasaf” uchrashuviga oid faktlar

Baho:
+ | -

Oliy liga 6-turida “Lokomotiv” – “Nasaf” bilan bellashadi.

Bu jamoalarning o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan har bir uchrashuv futbol ishqibozlarida katta qiziqish o‘yg‘otib keladi.

“Lokomotiv” joriy mavsumda ilk mag‘lubiyatini “Sho‘rtan” jamoasidan qabul qilib oldi. “Nasaf” jamoasi esa o‘tgan uchrashuvda “Olmaliq” jamoasiga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu jamoalar oliy liga bahslarida 24 marta to‘qnash kelishgan. O‘tgan uchrashuvlarning 12 tasida jamoamiz g‘alaba qozongan. 5 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Qolgan yetti uchrashuvda “temiryo‘lchilar”ning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida 34-25.

Bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlarda “Nasaf” – “Lokomotiv” 5:1 (2 marta), “Lokomotiv” – “Nasaf” 5:2 ko‘rinishidagi eng yirik hisoblar qayd etilgan.

“Lokomotiv” jamoasi o‘tgan uchrashuvlar natijalari bo‘yicha jami 9 ochko to‘plab, turnir jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda. “Nasaf” jamoamiz ham 9 ochko to‘plagan. Faqat to‘plar nisbatiga ko‘ra, “Lokomotiv” jamoasidan bir pog‘ona pastda bormoqda.

Mazkur jamoalar Toshkentda shu paytgacha 12 marta o‘zaro kuch sinashganlar. Hozircha barcha natijalar teng. Bu uchrashuvlarning 4tasida jamoamiz g‘alaba qozongan, 4 uchrashuvda “Lokomotiv”ning qo‘li baland kelgan, qolgan 4 uchrashuvda durangga imzo chekilgan. Toshkentdagi o‘zaro uchrashuvlarda jami darvozalarga 20ta to‘p kiritilgan, to‘plar nisbati ham teng – 10-10. “Nasaf” so‘nggi bor “Lokomotiv”ni Toshkentda 2012 yili kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Toshkentda o‘zaro o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari
2004 yil. Lokomotiv – Nasaf 2:0
2005 yil. Lokomotiv – Nasaf 1:2
2006 yil. Lokomotiv – Nasaf 0:2
2007 yil. Lokomotiv – Nasaf 0:2
2008 yil. Lokomotiv – Nasaf 0:0
2009 yil. Lokomotiv – Nasaf 0:0
2010 yil. Lokomotiv – Nasaf 0:0
2012 yil. Lokomotiv – Nasaf 0:1
2013 yil. Lokomotiv – Nasaf 2:0
2014 yil. Lokomotiv – Nasaf 1:1
2015 yil. Lokomotiv – Nasaf 1:0
2016 yil. Lokomotiv – Nasaf 3:2

Qiziqarli fakt, hozirgi paytda “temiryo‘lchilar” jamoasida to‘p tepayotgan Shuhrat Muhammadiyev o‘tgan yilgi mavsum yakunlangach “Nasaf”dan “Lokomotiv” jamoasiga o‘tgan, u ilk marta sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 15 aprel shanba kuni “Lokomotiv” stadionda soat 18:00da boshlanadi. Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv 14 aprel juma kuni TTYMI stadionida soat 16:00da boshlanadi.

O‘zPFL, 6-tur
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)
15.04.2017. “Lokomotiv” stadioni. Soat 18:00da
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)
Yordamchi hakamlar: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)
Zaxira hakami: Rustam Lutfullin (Toshkent)
Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan)
O‘zPFL vakili: Axrol Inoyatov.

Manba: voha.uz
Kiritildi: 18:49, 12.04.2017.
O'qildi: 4298 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.