Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Bahodir Pardayev: Koreya klubiga o‘tishda adashimdan maslahat oldim

Bahodir Pardayev: Koreya klubiga o‘tishda adashimdan maslahat oldim

Baho:
+ | -

Endilikda «Qo‘qon-1912» jamoasining sobiq futbolchisi Bahodir Pardayev J.Koreyaning «Bucheon-1995» klubi a’zosiga aylandi. Hujumchi yil boshida «Buxoro»dan qo‘qonliklar safiga borib qo‘shilgan edi. «Bucheon-1995» Janubiy Koreyaning K League Challenge divizionida ishtirok etadi. Bu mamlakatdagi ikkinchi darajali liga hisoblanadi. Biz futbolchimiz bilan bog‘lanib, undan yangi klubi yuzasidan intervyu oldik.

- Nechanchi raqamni tanladingiz?

- 24. Bu raqam menga «Bunyodkor»da omad keltirgandi. O‘ylaymanki, Koreyada ham shunday bo‘ladi.

- Bahodir, o‘tgan mavsum «Buxoro» sharafini himoya qilgandingiz. Ko‘hna shahar jamoasini tark etishingizga nima sabab bo‘ldi?

- Murabbiylar shtabining o‘zgarishi ketishimga sabab bo‘ldi. Jamoa muxlislariga katta rahmat. Faqat bir narsaga tushunmadim va haligacha uning javobini topa olmayapman. O‘tgan mavsum avvalida «Buxoro» oldiga chempionatda 4-o‘rinni egallash vazifasi qo‘yilgan va bu maqsadga erishgandik. Lekin kutilmaganda klub rahbariyati murabbiylar shtabini hech qanday sababsiz haydadi. Nima uchun, axir? Shunisi menga juda ham qiziq bo‘l-yapti.

- Keyin «Qo‘qon-1912» jamoasida paydo bo‘ldingiz. Mavsumni boshladingiz ham. Lekin kutilmaganda Koreyaga yo‘l oldingiz. Shartnomada shunday band bormidi?

- Ha, «Qo‘qon-1912» jamoasidan yaxshi taklif tushdi. O‘sha paytda boshqa klublardan ham qiziqish bor edi. Lekin o‘ylab ko‘rib, «Qo‘qon-1912» variantida to‘xtadim. Chunki bu jamoada No‘’mon Hasanov bosh murabbiy edi. Ushbu mutaxassis qo‘l ostida «Paxtakor»da o‘ynagandim. Bir-birimizni yaxshi bilardik.

Mendan tashqari «Buxoro»da birga to‘p surgan yana 3 futbolchi - Ruslan Melziddinov, Aleksandr Merzlyakov va Murod Xolmuhammedov ham «Qo‘qon-1912» bilan bitim tuzishdi. Lekin shartnomada ketishim haqida band yo‘q edi.

Koreya klubidan taklif tushganini No‘’mon akaga aytganimda, bunga rozilik berdilar. O‘zlari futbolchi bo‘lganlari uchun «Bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarish kerak emas, menga ham o‘z vaqtida xorijdan taklif tushganida bormaganman, sen bu xatoni takrorlama», dedilar. Shunday vaziyatda meni tushunganliklari uchun rahmat aytdim. Mabodo, ma’lum sabablarga ko‘ra, Koreyadan qaytsam, «Qo‘qon-1912» eshiklari men uchun ochiqligini ham qo‘shimcha qildilar.

- Koreya klubi siz bilan qanday bog‘landi? Transfer qay tarzda amalga oshdi?

- «Bucheon-1995» jamosidan taklif tushdi. Bu transferni Farrux Sayfullayev koreyalik agentlar orqali omalga oshirdi.

- Janubiy Koreya klubi «Qo‘qon-1912» jamoasiga  ma’lum miqdorda transfer summasini to‘lab berdimi?

- Yo‘q. Hech qanday to‘lov amalga oshirilmadi.

- Shartnoma qancha muddatga imzolandi?

- Bir yilga. Aniqrog‘i, 2017 yilning 31 dekabr kuni «Bucheon-1995» jamoasi bilan imzolagan shartnomam muddati yakunlanadi.

- Koreya klubi varianti nimasi bilan sizni o‘ziga qarata oldi?

- Bir-ikki yildan beri xorijda o‘ynash, o‘zimni sinab ko‘rish istagi bor edi. Nihoyat, bu yil shunday imkoniyat yuzaga keldi. Legioner nomiga munosib bo‘lishga harakat qilaman.

- Yangi jamoangizning ilk mashg‘ulotida ishtirok etdingiz. Taassurotlar qanday?

- Hammasi ajoyib. O‘zimni yangi muhitda yaxshi his qilyapman.

- Yangi klubingizdagi sharoitlar sizni qoniqtiryaptimi?

Bu hali hammasi emas, davomi www.iff.uz saytida

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 22:14, 13.04.2017.
O'qildi: 6013 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.