Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Xitoyning milliarder jamoalari kimlarga tegishli?

Xitoyning milliarder jamoalari kimlarga tegishli?

Baho:
+ | -

Chin yurti futboli nimaning hisobiga olamshumul transferlarga qo‘l urdi? Bu savol ko‘pchilikni birdek qiziqtirsa, ajabmas. Mahalliy super-liganing 5ta grandi sohibi haqidagi maqola bilan tanishish asnosida bu savolga qisman javob topish mumkin. Xo‘sh, xitoyliklar futbol bozorini «ag‘dar-to‘ntar» qilib yuborgan mablag‘ni qayerdan olishdi?

«Guanjou Evergrand». Xitoy futbolining oxirgi yillardagi eng omadli va sovrindor klubi. «Guanjou» ayni payt mamlakatning almashtirilmas chempioni maqomini olib ulgurdi. Zero, 2011 yildan buyon oltin medalni begona qilmayapti. Guanjouliklar shuningdek, bu orliqda Osiyo Chempionlar Ligasi turnirida ikki marta zafar quchishdi. Aytgancha, «Evergrand» hamon Osiyo klublari o‘rtasidagi bosh turnirda g‘alaba nashidasini surgan Xitoyning yagona klubi bo‘lib turibdi. Jamoa 2ta baquvvat homiyga tegishli. Aniqroq aytsak, uning 60 foiz aksiyasi ko‘chmas mulk sohasidagi gigant - Evergrande Group kompaniyasi nazoratida bo‘lsa, qolgan 40 foizini butun jahonga mashhur Alibaba internet-guruhi tasarruf qiladi. Xitoy futboli «gegemoni» Yevropada Jekson Martines transferi bilan nom qozondi. Zero, uning uchun naq 42 mln. yevro to‘landi. Ko‘pchilik biladi, futbol olamida yulduz darajasiga ko‘tarilgan braziliyalik Xalk, uning vatandoshlari Aleks Teysheyra, Oskar va Ramires, ivuarlik Jervinyo, Kolumbiya vakili Freddi Guarin va argentinalik janjalkash Karlos Teves kabi mashhur yigitlar ayni payt aynan osmono‘par yurtda to‘p surishmoqda. Lekin «Guanjou»ga egalik qilayotgan kompaniyalar qanchalik qudratli bo‘lmasin, oxirgi vaqtlarda klub taraqqiyo­ti strategiyasini o‘zgartirdi. Ya’ni rejaga ko‘ra, jamoa yaqin kelajakda qimmatbaho legionerlardan mutlaqo voz kechadi va mahalliy futbolchilarga e’tibor qaratadi

«Jiangsu Sunin». Jiangsu provinsiyasi sharafini himoya qiluvchi bu jamoa tarixi ancha uzun. Ya’ni tashkil etilganiga yarim asrdan oshdi. Biroq yutuqlari u qadar ko‘p emas. Deylik, «Sunin» hali chempionlik rutbasiga erishmagan. To‘g‘ri, jamoa 2 marta kumush medal sov-rindoriga aylanishdan tashqari, mamlakat kubogi (2015 yil) va superkubogi (2013 yil)ni qo‘lga kiritgan. «Jiangsu» sohibi - Suning Commerce Group. Bu korporasiya chakana savdo bozorining o‘ziga xos magnatidir. Deylik, o‘sha Alibaba guruhida ham ulushga ega. «Jiangsu» Aleks Teysheyra (Doneskning «Shaxtyor» jamoasidan 50 mln. yevroga) va Ramires (London «Chelsi»sidan 27 mln. yevroga) transferlari bilan ovoza bo‘ldi.

«Shanxay Shenxua». Super-ligada Xitoyning eng yirik megapolisi nomidan ishtirok etuvchi 2ta jamoadan biri. Shanxayda yevrofutbolning butun bir guruhi o‘ynashga ulgurdi yoki hamon o‘ynamoqda: Nikolya Anelka, Didye Drogba, Tim Keyxill, Demba Ba, Freddi Guarin («Inter»dan 13 mln. yevroga sotib olindi). Klub sohibi: qurulish ishlari nahangi - Greenland Group. «Shanxay guli» (klub nomi shunday ma’noga ega) ortida turgan kompaniyaning yillik daromadi o‘nlab milliard dollarga teng.

«Xebey Chayna Forchun». Mamlakatning eng yosh jamoasi. Unga 2010 yilning 28 may kuni asos solingan. Lekin «Xebey» shu qisqa vaqt ichida ikkinchi ligadan elit divizionga ko‘tarilish uddasidan chiqdi. Qolaversa, o‘z tarkibini bir qator mashhur yulduzlar bilan to‘ldirishga ulgurdi. Jamoa xususan, 2016 yil boshida Stefan Mbia (erkin agent), Jervinyo («Roma»dan 18 mln. yevroga) va Esekyel Lavessi («PSJ»dan 5,5 mln. yevroga) bilan shartnoma tuzdi. Yana yarim yildan keyin desantlar guruhi taniqli murabbiy Manuel Pellegrini qo‘l ostida ishlay boshladi. «Xebey Chayna Forchun»ning yuqori sur’atda rivojlanayotganida yirik qurulish kompaniya China Fortune Land Developmentning hissasi katta.

«Shandon Luneng». Shandon provinsiyasida joylashgan Szinan shahri sharafini himoya etuvchi klub. Xitoyning 3 karra chempioni va mahalliy super-liganing eng barqaror ishtirokchilaridan biri. Jamoa turli yillarda ko‘plab mashhurlar xizmatidan foydalangan. Deylik, rossiyalik murabbiylar Boris Ignatyev va Valeriy Nepomnyashiy ayni shu klubni boshqarishgan. Taniqli futbolchilari ro‘yxati ham ancha uzun: Sergey Kiryakov, Erik Yaximovich, Diyego Tardelli, Vagner Lav... Xitoy super-ligasidagi xorijliklar - chakana «mahsulot». Har-qalay, Chin yurti klublari sohiblari ulgurji shaklda legioner sotib olishga o‘rganishmagan. Misol uchun, Rossiyada shunday qilish odat tusiga kirgandi. Osmono‘par yurtdagi xorijiy futbol yulduzi - o‘ziga xos dabdabaning nishonasi. «Luneng» sohibi — biznesmen Kan Menszyun, homiysi esa - hududdagi yirik elektro energiya ta’minotchisi.

FUTBOLGA XITOYCHA YONDASHUV

Aslida Xitoy klublarining Yevropa transferlar bozorida «to‘polon» ko‘targaniga oddiy qarash kerak. Zero, zamonaviy Xitoyning iqtisodiy va siyosiy qudratini nazarda tutib, shunday bo‘lishini kutish mumkin edi. Mamlakat hukumati futbolni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, XXR rahbari janob Szinpinning shaxsan o‘zi barchasini nazorat ostiga olgan. Chunonchi, u millionlar o‘yinining ashaddiy muxlisi. Xitoy hukumati mamlakat super-ligasiga mablag‘ tikadigan korporasiya va korxonalar, ularning a’zolariga alohida imtiyozlar beradi. Deylik, sport va madaniyat sarmoyalari uchun daromad so-lig‘i 25 foizdan 3 foizga pasaytirilgan. Yana mam-lakatdagi umumta’lim maktablarida futbol darsliklari joriy etilganini aytish o‘rinli. Eng qizig‘i, endilikda bo‘lajak talabalar institutlarga kirish chog‘i to‘p bilan muomala qilish bo‘yicha ham imtihon topshirishadi. Umuman, mamlakat hududida futbol akademiyalari xuddi yom-g‘irdan keyin chiqqan qo‘ziqorinday ko‘paymoqda.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:04, 14.04.2017.
O'qildi: 13288 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.