Sport Investment Lux kompaniyasi rahbari Li Yonxong rasman «Milan» klubi prezidentiga aylandi.
Kecha tadbirkor klubning 99,93% aksiyasini xarid qilgan edi. Bu voqeaga bag‘ishlab o‘tkazilgan maxsus matbuot anjumanida xitoylik 47 yoshli tadbirkor klubning xo‘jayini sifatida tanishtirildi.