Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Rauf Inileev: "Bugungi o‘yin birinchi xatoga qadar edi"

Rauf Inileev: "Bugungi o‘yin birinchi xatoga qadar edi"

Baho:
+ | -

Oliy liganing 6-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Obod" - "Olmaliq" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Rauf Inileev o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bugungi o‘yin birinchi xatoga qadar edi. Biz "Olmaliq" qanda o‘ynashini bilardik. Ko‘p havodan to‘p uzatishlar bo‘lishini bilardik. Ularda bo‘yi uzun futbolchilar juda ko‘p. Uzoqdan ko‘rinmagandir, ammo futbol qoidalariga ko‘ra hujum vaqtida darvozabonga tegish mumkin emas. Gol bo‘lgan vaziyatda bizning darvozabonimizga qarshi shunday o‘ynaldi.

Afsuski, birinchi taymda Abror Husinov jarohat olib maydonni tark etdi. Aynan u burchak to‘plari vaqtida darvozabonning oldida turib to‘plarni qaytarib turardi. Norxonovda tezlik katta, Xaipovda esa golni sezish qobiliyati kuchli. Shu bois Navro‘zbek markazda, Norxonov qanotda o‘ynadi.

"Barselona"da ham ba’zida o‘yini chiqmaydi. Raqib kuchli pressing qilsa har qanday jamoa qiynaladi. Biz bugun to‘pni yerda ushlashga harakat qildik, o‘xshamadi. O‘tgan turda "Olmaliq" "Nasaf"ga qarshi uchrashuvda ham shunday o‘ynagandi va bitta xatodan so‘ng gol urishgandi".

Manba: fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 09:04, 15.04.2017.
O'qildi: 3884 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик