Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

«Siroj Samarqand sen bilan» xayriya aksiyasi o‘tkazildi

«Siroj Samarqand sen bilan» xayriya aksiyasi o‘tkazildi

Baho:
+ | -

«Dinamo» klubi sobiq futbolchisi 35 yoshli Sirojiddin Sayfiyev saraton kasalligiga chalingani e’lon qilingach, ayni vaqtda uni qo‘llab-quvvatlash uchun #TaslimBo‘lmaSiroj aksiyasi e’lon qilingan.

15 aprel, shanba kuni 6-tur doirasidagi «Dinamo» - «Buxoro» o‘yinida ham «Dinamo» stadionida «Siroj Samarqand sen bilan» xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Shu kuni o‘yingoh darvozasi oldida qutilar tashkil etilgan edi.

Shu kuni «Dinamo» va «Buxoro» jamoalari ham futbolchini qo‘llab-quvvatlab, #BizSenBilanSiroj yozuvi ostidagi futbolkalarda maydonga tushib kelishdi.

Futbolchilik faoliyati davomida samarqandlik minglab muxlislarni o‘z o‘yinlari bilan xursand etgan Sirojiddin Sayfiyevning bugungi taqdiri «Dinamo» jamoasining hech bir ishqibozini bee’tibor qoldirmadi.

«Dinamo» - «Buxoro» (3:1) uchrashuvi yakunlangach, muxlislar faoli Shavkat Burhonov, «Dinamo» stadioni hisobchisi Yuliya Lagutina va «Dinamo» klubi matbuot kotibi Usmon Ibodov ishtirokida komissiya tuzilib, xolis muxlislar ko‘z o‘ngida yig‘ilgan 4 038 000 (to‘rt million o‘ttiz sakkiz ming) so‘m pul stadionning o‘zida Sirojiddin Sayfiyevning otasi Shamsiddin aka Sayfiyevga topshirildi. O‘z o‘rnida Shamsiddin aka ham barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Xalqimizning bunday g‘amxo‘rligi va eng asosiysi e’tibordan kishi dili ko‘tariladi. Shu o‘rinda Sirojidin Sayfiyevga Xudodan shifo tilab qolamiz. Biz sen bilan Siroj!

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 14:28, 16.04.2017.
O'qildi: 5136 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.