Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Osonlikcha ketish yo‘q yohud Sergey Lushan va Arsen Venger haqidagi hikoya

Osonlikcha ketish yo‘q yohud Sergey Lushan va Arsen Venger haqidagi hikoya

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bir vaqtlari nafaqat Angliya, balki Yevropaning grand jamoalari sirasiga kirar edi. Arsen Venger esa eng hurmatga loyiq murabbiylardan bo‘lgan. Ammo klubning ham, murabbiyning ham shafaqdek yonib turgan bayrog‘i tobora so‘nmoqda. «Arsenal» APL so‘nggi turida «Kristal Pelas»dan yengildi. Ammo bu shunchaki mag‘lubiyat bo‘lmadi. Kim biladi deysiz, balki u butun boshli davr yakuniga yetib borayotganini bildirar?!

Arsen Venger uzoq yillar davomida «Arsenal»ni boshqarib kelmoqda. Ammo hali biror marta safarda o‘tkazilgan 4ta o‘yinda qatorasiga mag‘lubiyatga uchramagan edi. «Arsenal» nihoyat, bu ishni ham «uddaladi».

Arsen Venger shogirdlari safarda «Chelsi», «Liverpul» va «Vest Bromvich»ga qarshi kechgan o‘yinlarda imkoniyatni boy berishdi. Qiziq tomoni, bu bahslarning barchasida 1:3 hisobi qayd etildi. «Kristal Pelas»ga esa bir yo‘la 0:3 hisobida yutqazib qo‘ya qolishdi.

Ammo bu noxush statistikaning hali hammasi emas. Arsen Venger «Arsenal» boshqaruvi ostida hali biror marta «Kristal Pelas»dan mag‘lub bo‘lmagan edi. «Kanonirlar» 1929 yildan buyon safarda o‘tkazilgan qatorasiga 4ta o‘yinda kamida 3tadan gol o‘tkazib yuborishmagandi. Nihoyat, bu an’analar ham barham topdi. Mazkur holatdan qanday xulosa chiqarish mumkin? «Arsenal» va Arsen Vengerning «muhabbat tarixi» tobora yakuniga yetib bormoqda, shundaymi?

Bu dunyoda hech bir narsa abadiy emas. Venger ekan-ku, undan-da buyukroq murabbiylar ham ishdan ketishgan. Oxirgi misol - Aleks Fergyuson. Shunday ekan, Arsen Venger mavsum oxirida «Arsenal»dan ketadigan bo‘lsa, aslo hayron qolmaymiz.

Shunchaki, klub muxlislariga alam qiladigani - Venger bu ishni ancha ilgari, hali obro‘-e’tiborga ega bo‘lib turganida amalga oshirishi kerak edi. Agar u iste’fo borasidagi qarorini paysalga solavermay, hech bo‘lmasa uch yil oldin ketganda hozir uni butkul boshqa so‘zlar bilan eslab yurgan bo‘lardik.

Futbolda o‘z vaqtida ketish katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, «Manchester Yunayted» muxlislari Aleks Fergyusonni hali uzoq yillar eslashlari turgan gap. Hatto, klub yana o‘ziga kelib, premyer-liga va Chempionlar Ligasida ketma-ket g‘alabalarga erishgan taqdirda ham Fergyusonning o‘rni har doim bilinadi. Ammo Venger-chi?

O‘z imkoniyatlarini chamalay olmaslik og‘ir oqibatlarga olib kelishi va misqollab yig‘ilgan obro‘ni botmonlab yo‘q qilishi mumkin. Xalqimizda «engilgan kurashga to‘ymas», degan gap bor. Vengerning o‘ziga qo‘yib bersangiz, kelasi mavsum ham «Arsenal»ni boshqarmoqchi. Qiziq tomoni, bunday murabbiylar o‘zimizda ham topiladi. O‘xshatish nojoiz bo‘lsa ham aytamiz, o‘tgan hafta Toshkentning «Bunyodkor» klubi oliy liga doirasida «Qizilqum»ga qarshi kechgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi.

Albatta, Arsen Venger va Sergey Lushanni o‘zaro solishtirish - bemisl darajada bo‘lmag‘ur ish. Ammo

Bu hali hammasi emas davomi: www.iff.uz

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 14:29, 16.04.2017.
O'qildi: 5476 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.