Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Toshkentda shashka bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda

Toshkentda shashka bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda

Baho:
+ | -
Poytaxtimizda 64 va 100 katakli shashka bo‘yicha bolalar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz shashka federaciyasi, Osiyo shashka konfederasiyasi hamkorligida tashkil etilgan nufuzli musobaqada o‘ndan ziyod davlatdan ikki yuzga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

Musobaqaning ochilishida mamlakatimizda sportni rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom va barkamol, yuksak intellektual salohiyatli insonlar etib voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Buning samarasida yoshlar o‘rtasida shashka ham keng ommalashib, qit’a va jahon chempionatlari, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda munosib qatnashayotgan sportchilar etishib chiqmoqda, mamlakatimiz mazkur sport turi bo‘yicha nufuzli chempionatlarga mezbonlik qilmoqda.

Jumladan, 2013 va 2015 yillarda poytaxtimizda Osiyo chempionati tashkil etilgani buning isbotidir. 2013 yilgi chempionatda terma jamoamiz a’zolari 15 oltin, 12 kumush va 15 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. 2015 yilgi musobaqalarda sportchilarimiz 34 oltin, 27 kumush, 24 bronza medalni qo‘lga kiritib, Osiyoda tengsiz ekanini yana bir marta isbotladi.

Bu yilgi chempionatda Abduqodir Toshtemirov, Alisher Ortiqov, Samandar Kalonov, Sayyora Yo‘ldosheva kabi tajribali shashka ustalari bilan birga yosh iqtidor egalari mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda. 

 

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 21:12, 17.04.2017.
O'qildi: 5876 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик