Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

"Qo‘qon-1912" - "Metallurg": Prevyu

"Qo‘qon-1912" - "Metallurg": Prevyu

Baho:
+ | -

22 aprel shanba kuni Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda Oliy liga 7-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Quyida mazkur jamoalarning o‘zaro o‘yindagi statistik ma’lumotlarni taqdim etamiz.

15-uchrashuv arafasida

Ushbu jamoalar shu kunga qadar Oliy ligada 14 bor kuch sinashishgan. O‘yinlarning yettitasida vakillarimizning qo‘li baland kelgan. “Metallurg” beshta uchrashuvda g‘alaba qozongan. Ikkita bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbatidagi ustunlik qo‘qonliklar tomonida 24-21. “Qo‘qon-1912” o‘zaro o‘yinlarda 23 ochkoga ega bo‘lgan. “Metallurg” to‘plagan ochkolar esa 17 tani tashkil etadi.

Fakt: Bekobodliklar shu kunga qadar biror marta Qo‘qonda g‘alaba qozona olishmagan. “Qo‘qon-1912” esa o‘z maydonidagi oltita bahsda raqibdan ustun kelgan.

Qo‘qonda o‘tgan barcha uchrashuvlar:

17.09.2016 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 2:1

25.10.2015 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 2:1

13.09.2003 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 4:0

23.11.2002 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 1:0

29.04.2000 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 2:0

02.10.1999 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 5:1

05.09.1998 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 1:1

Hakamlar

22 aprel kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” o‘yinini Olimjon Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Uchrashuv nazoratchisi Igor Nexochin.

Aytgancha, o‘tgan yili ushbu hakam “Qo‘qon-1912” jamoasining uchta o‘yinini boshqargan. Ulardan ikkitasi Qo‘qondagi uchrashuvga to‘g‘ri kelgan.

Oliy liga, 7-tur

«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Metallurg» (Bekobod)

Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), N. Ro‘zimov (Toshkent), S. Yeremeev (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)

Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

Boshlanish vaqtlari

Mazkur uchrashuv 22 aprel kuni soat 17:00da boshlanishi kuzda tutilgan. 21 aprel kuni esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari maydonga tushishadi. O‘yin 15:30da boshlanadi. Barcha muxlislarimizni “Markaziy” o‘yingohga chorlab qolamiz.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 10:07, 20.04.2017.
O'qildi: 3180 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик