Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Dani Alvesh: «Tite falsafasi termamizni qutqardi»

Dani Alvesh: «Tite falsafasi termamizni qutqardi»

Baho:
+ | -

Braziliya termasi so‘nggi yillardagi eng yorqin damlarni o‘tkazmoqda. Dastlab kelgusi yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan mundial yo‘llanmasini naqd qilgan «selesao» ko‘p o‘tmay jahon reytingida peshqadamga aylanib oldi. «Yuventus» klubining o‘ng qanot himoyachisi Dani Alvesh - Tite boshchiligidagi jamoaning eng tajribali futbolchisi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, u 33 yoshida ham bosh murabbiy g‘oyalarini maydonda namoyon etish chog‘ida faollik ko‘rsatmoqda. Yaqinda Fifa.com sayti Dani Alvesh bilan suhbatlashib, asosan, terma jamoa bilan bog‘liq savollarga javob oldi.

- Dani, Braziliya termasining Tite kelganidan so‘ng erishgan muvaffaqiyatlari haqida nima deya olasiz?

- Albatta, barcha mamnun. Aslida, Titedan avval ham jamoamiz yomon emasdi, hozir ham o‘ta noyob, deya olmayman. Futbolchilar avval qanday bo‘lsa, shundayligicha qolgan, murabbiylik borasida o‘zgarishlar kuzatilganiga qaramay, bizning maydondagi vazifamiz avvalgidek ko‘rinishga ega. Hozir guvohi bo‘layotganingiz futbolda uchrab turadigan holat: natijalar yomonlashganda, konsepsiya almashuvi ruhiy bosimni biroz kamaytiradi. Braziliya termasida aynan shunday vaziyat kuzatildi. Xullas, yangi bosh murabbiy falsafasi jamoamizni qutqardi.

- O‘zgarishning asl mohiyati nimada?

- Menimcha, farq shundaki, Titening g‘oyalari bizga tushunarliroq. Aynan shu jihat keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Biroq biz sabr qilishni o‘rganishimiz darkor. Faqat ma’lum muddat o‘tgachgina ustunligimizni tasdiqlashimiz mumkin va shu tariqa yanada yuqoriroq maqsadlarni ko‘zlaymiz. Mundialga chiqish vazifasini uddaladik, endilikda hozirgi o‘yinimizni yo‘qotmasligimiz, erishgan yutuqlar bilan cheklanib qolmasligimiz shart. Muvozanatni bir xilda ushlab, doimiy tarkibni aniqlashimiz kerak. Shundagina ijobiy natijalar bilan muxlislarimizni quvontirishda davom etamiz.

- Avvalgi saralash bahslarida ham Braziliya termasi mundial boshlanishiga bir yil qolganda, eng yuqori o‘rinlarni egallagan. 2009 va 2013 yilgi Konferedasiyalar kubogida zafar quchgan. Ammo jahon chempionatida omad «selesao»dan yuz o‘girgan. Bu gal ham shunday «falstart» takrorlanmasligi uchun nima qilish mumkin?

- Darhaqiqat, o‘sha paytlari jamoamiz ishtiroki ko‘pchilikka umid bag‘ishlagan, ammo yakunda ishonch oqlanmagandi. Bu safar Konfederasiyalar kubogida qatnashmaymiz, lekin o‘tmishdagi xatolardan tegishli saboq oldik. Hozirgi paytdagi vazifamiz - saralashning qolgan o‘yinlarida ham ijobiy natijalar qayd etib, mundialga yuqori sport formasida yetib borish.

- JCH-2018 saralashining dastlabki uchrashuvlariga nazar tashlasak, o‘shanda Braziliya termasiga ishonch yetishmayotgandek tuyulgandi. Endi esa jamoa yetakchiga aylanib oldi. Aksincha, argentinaliklar yaxshi start olishganiga qaramay, hozirda qiyin ahvolga tushib qolishdi. Bunga nima sabab bo‘lyapti, deb o‘ylaysiz?

- Mazkur holatda Janubiy Amerikadagi raqobatchilikning yuksak darajada ekanini ko‘ryapman. O‘ylashimcha, boshqa konfederasiyalarda bunaqasi kuzatilmaydi. Tabiiyki, ayni vaziyatda qo‘shimcha murakkabliklar vujudga keladi. Boliviya, Ekvador, Venesuelaga safar uyushtirish kerak... Noqulay shart-sharoit, mehmondo‘stlik masalasi ham ko‘ngildagidek emas. Umuman, bu odatiy hol, avval qanday bo‘lsa, hozir ham shunday. Hamisha har narsaga tayyor turish lozim, bahonalarga o‘rin yo‘q. Saralash bahslari - futboldagi chiniqishning o‘ziga xos sinovi.

- Nima deb o‘ylaysiz, Lionel Messi va uning sheriklari yakunda Rossiyada o‘tadigan JCH yo‘llanmasini qo‘lga kirita olisharmikan?

Bu hali hammasi emas, davomi bu yerda

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 10:04, 21.04.2017.
O'qildi: 3077 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.