Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Nigeriyada elektr kabelining tomga tushishi oqibatida 30 nafar futbol muxlisi halok bo‘ldi

Nigeriyada elektr kabelining tomga tushishi oqibatida 30 nafar futbol muxlisi halok bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Nigeriyada elektr kabelining futbol markazi tomiga tushishi oqibatida «Manchester Yunayted» klubining Yevropa Ligasi o‘yinini ko‘rayotgan muxlislaridan 30 nafari halok bo‘ldi. Bu haqda, Mirror nashriga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Nashr keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, 28 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonaga hayotdan ko‘z yumdi.

Dastlab yetti nafar odam halok bo‘lgani, o‘n kishi jarohatlangani xabar qilingan edi. Ammo keyinroq qurbonlar soni kattaroq ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Fojia Kalabar shahrida ro‘y berdi. Guvohlarning bildirishicha, transformatorda kelib chiqqan nuqson tufayli yuqori kuchlanish ostidagi sim klub tomiga quladi.

Mahalliy ma’muriyat vakillari voqeani «qo‘rqinchli fojia» sifatida baholab, bunday kabellar ostida klublar qurishni noqonuniy deb baholadi.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» klubi ma’muriyati halok bo‘lganlarning oilalari va jabrlanganlarga hamdardlik izhor qildi.

«Bizning o‘y-xayolimiz ‘Yunayted’ muxlislari, ularning do‘stlari va oilalari bilan birga», — degan xabar qoldirildi jamoaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:03, 21.04.2017.
O'qildi: 3988 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.