Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

Ilhom Mo‘minjonov: “Jamoamizda eng kuchli futbolchilar to‘planishgan”

Ilhom Mo‘minjonov: “Jamoamizda eng kuchli futbolchilar to‘planishgan”

Baho:
+ | -

Oliy liga 7-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Sho‘rtan” (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ilhom Mo‘minjonov matbuot vakillarining savollariga javob berdi.

"Bugun shiddatli o‘yin bo‘ldi. Uchrashuvni qiyin o‘tishini kutgandik. “Sho‘rtan”ga qarshi aniq to‘p uzatishlarni amalga oshirib kombinasion va bu orqali chiroyli o‘yin ko‘rsata olmadik. G‘uzorliklar o‘z maydonidagi so‘nggi ikki o‘yin davomida “Lokomotiv” 80, “Paxtakor” 85 foiz to‘p bilan muomila qilgan bo‘lishlariga qaramay “Sho‘rtan” darvozasini ishg‘ol qila olishmagandi. Jamoada murabbiy almashadimi yoki rahbariyatmi “Sho‘rtan” jamoasida bugungi kunda kuchli futbolchilar to‘planishgan. Jamoa kuchli himoya chizig‘iga ega bo‘lish bilan bir qatorda ahil kollektiv jamlangan. Raqib o‘yinini murabbiylar shtabi bilan o‘rganib chiqqanimizda bir-ikki to‘p oshirishdan keyin faqat oldinga o‘ynash kerak degan xulosaga kelgandik. Ko‘p to‘p oshirishlar orqali harakat qilib, “Sho‘rtan” himoyasini yorib o‘tishda qiynalardik. Agarda “Lokomotiv” va “Paxtakor” kabi uslubdan foydalanganimizda gol ura olmasdik va jarima to‘pi ishlamagan bo‘lardik. Tanaffus paytida ham futbolchilarga bir-ikki to‘p oshirishdan keyin oldinga o‘ynash lozimligini tushuntirgandim. Bunday uslubdagi futbol ko‘pchilikka yoqmaydi. “Sho‘rtan” jamoasi himoyada kuchli o‘yin namoyish etishini inobatga olgan holda shu tarzda harakat qilishga majbur bo‘ldik. Futbolchilarimizga namoyish etilgan o‘yin va bor kuchlari bilan to‘p surishgani uchun rahmat aytaman.
Azizbek Turg‘unboyev zaxiradan maydonga tushib, o‘yinga kirishib keta olmadi. Turg‘unboyev yaxshi futbolchi asosiy tarkibga kiritganimda zo‘r o‘ynagandi. O‘ylashimcha uni biroz ertaroq maydonga tushirdim. Abbos Otaxonovda jarohat borligi sababli Azizni tarkibga qo‘shgandim. O‘zimning faoliyatimdan xulosa qilib aytadigan bo‘lsam birinchi bo‘limdan keyin maydonga tushgan futbolchini o‘yinga kirishib ketishi ba’zi xollarda qiyin kechadi. Ko‘p xato qilgani va ayrim vaziyatlarga ulgurmaganligi sababli o‘rniga boshqa futbolchini tushirishga majbur bo‘ldim.
Bekobodda “Metallurg”ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limida besh nafar himoyachi bilan harakat qildik. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, tanaffusdan keyin hujumchilarni maydonga tushirdim. Natijada hujum chizig‘imizda Yovanovich, Ahmedov va Saidovlar harakat qilishdi. Saidovning Bekoboddagi o‘yini juda yomon chiqdi. Ya’ni o‘zini ko‘rsata olmadi. Bu haqda uni o‘ziga mashg‘ulotlar va jamoa a’zolari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishlarda ham aytib o‘tdim. O‘yini chiqmaganligi sababli zaxirada qoldirdim. Bugungi uchrashuvda esa tanaffusdan keyin unga ishonch bildirdim. Mansurga Bekoboddagi o‘yinni esdan chiqarib, bugungi bahsda o‘z imkoniyati darajasida to‘p surishini aytib o‘tdim. Saidov maydonga tushib, o‘zini ko‘rsatdi va xavfli vaziyat yaratdi. Agarda bahs oxiridagi vaziyatdan samarali foydalanganida hisob 2:0 ko‘rinishiga kelardi. Ixtiyorimda bo‘lgan barcha futbolchilarga doimo ishonch bildiraman.
O‘yinlarda jamoamizga oson bo‘lmaydi. “Paxtakor”ga qarshi Toshkentda o‘tadigan uchrashuvga faqat g‘alabani ko‘zlab boramiz. Hozirgi kunda himoyamizdan ko‘nglimiz to‘q. Beshta uchrashuvdan beri darvozamiz daxlsizligini ta’minlab kelmoqdamiz. Hujumda biroz omadimiz yurishmayapti. Aynan shu sababli kichik hisoblarda g‘alaba qozonmoqdamiz. Boshqa barcha o‘yinlarda bo‘lgani kabi Toshkentda ham yutuq uchun harakat qilamiz. “Paxtakor”dek jamoadan uch ochkoni tortib olish biz uchun sharafli bo‘lardi. Oldinda murakkab uchrashuvlar turibdi. Shu sababli, ertadan dam olishsiz navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettiramiz.  Bu yilgi mavsumda oliy ligada qatnashayotgan barcha jamoalarni kuchi deyarli bir xil. Chunki, futbolchilar yoshlar o‘smoqda. Bundan tashqari istalgan jamoa tarkibida kuchli va tajribali futbolchilar mavjud. Barcha o‘zini ko‘rsatishga intilmoqda. Bu jihat esa chempionatni qiziqarli tus olishiga zamin yaratmoqda. O‘z navbatida “Navbahor” ham yaxshi, ijobiy natijalar qayd etib, namanganlik muxlislarni xursand qilish niyatida.
Ishqibozlarimiz murabbiylar shtabiga ishonishsa va jamoaga dalda bo‘lishsa o‘zimizni va muxlislar yuzini yorug‘ qilib, “Navbahor” jamoasini imkon qadar kuchlilar qatoriga qo‘shishga harakat qilamiz. Iloji bo‘lsa xalqaro maydonda ham to‘p surishni istaymiz. Ayrimlar jamoadagi futbolchilarni xalqaro maydonda munosib tarzda to‘p surishiga tajribasi yetmasligi mumkin deyishi mumkin. Lekin, jamoamizda ayni paytda eng kuchli futbolchilar to‘planishgan. Fursatdan foydalanib, jamoamizni safar uchrashuvlarida ham qo‘llayotgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiri o‘taman" - dedi Mo‘minjonov. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:29, 22.04.2017.
O'qildi: 3719 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.