Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

«Chelsi» «Tottenhem»ni mag‘lub etib, Angliya kubogi finaliga yo‘l oldi

«Chelsi» «Tottenhem»ni mag‘lub etib, Angliya kubogi finaliga yo‘l oldi

Baho:
+-1 | -

Angliyada kubogida dastlabki yarimfinal o‘yini o‘tkazildi.

Londonning «Uembli» stadionida «Chelsi» va «Tottenhem» bahs olib bordi. 5-daqiqada Villian jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, hisobni ochdi. Biroq, 18-daqiqada o‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni Harri Keyn boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Bo‘lim oxirida Villian penaltini aniq amalga oshirib, «ko‘klar»ni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda Dele Alli hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng, Antonio Konte maydonga Eden Azarni tushirdi. Bu esa o‘yin yo‘nalishini umuman o‘zgartirib yubordi.

75-daqiqada Azar jarima maydoni chizig‘idan zarba yo‘llab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan biroz o‘tgach, uning to‘p uzatishidan so‘ng, Matich uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llab, juda chiroyli gol muallifi bo‘ldi va yakuniy natijaga nuqta qo‘ydi.

Angliya kubogi, 1/2 final
Chelsi – Tottenhem 4:2 (2:1)
22 aprel, London, «Uembli» stadioni
Gollar: Villian (5, 43 pen), Azar (75), Matich (80) – Keyn (18), Alli (52)
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Ake, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes, Villian (Azar, 61), Kante, Pedro (Fabregas, 74), Batshuayi (Diyego Kosta, 61).
Tottenhem – Lyoris, Alderveyreld, Vertongen, Trippyer, Eriksen, Dembele, Vanyama (Nkudu, 80), Dayer, Alli, Son Xin Min (Uoker, 68), Keyn.
Ogohlantirishlar: Alderveyreld (4), Alonso (45), Alli (73), Kante (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:06, 22.04.2017.
O'qildi: 8392 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик