Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

UZREPORT TV futbol muxlislaridan FUTBOL TV yuzasidan uzr so‘radi

UZREPORT TV futbol muxlislaridan FUTBOL TV yuzasidan uzr so‘radi

Baho:
+ | -

UZREPORT TV futbol muxlislariga FUTBOL TV telekanalining efirga uzatilishi kechikkani tufayli bayonot berdi.

«Bugun FUTBOL TV telekanalini ishga tushirib, futbol muxlislari uchun tuhfa sifatida "El Klasiko" bahsini UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida parallel ravishda namoyish qilishni rejalashtirgandik.

Ammo Toshkent teleminorasidagi uzatkichlarda ro‘y bergan ayrim texnik muammolar sababli bu rejamiz amalga oshmay qoldi. Ushbu muammolar boshqa telekanallar, shu jumladan, UZREPORT TV telekanalining signaliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Shu sababli "El Klasiko" bahsi yakuniga yetgandan so‘ng FUTBOL TV telekanalini texnik sozlash ishlari davom ettiriladi. Texnik muammolar bartaraf etilgach, FUTBOL TV telekanali avval e’lon qilingandek test rejimida efirga uzatib boriladi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! Biz bilan birgalikda jahon va Yevropaning qiziqarli futbol uchrashuvlarini tomosha qilib boring!» - deyiladi bayonotda.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 10:34, 24.04.2017.
O'qildi: 32680 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.