Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Intervyu: Shohruz Norxonov: "Maqsadim – chempionat to‘purari bo‘lish"

Intervyu: Shohruz Norxonov: "Maqsadim – chempionat to‘purari bo‘lish"

Baho:
+ | -

Oliy ligada kurash tobora keskin tus olmoqda. O‘tgan yil bilan taqqoslaganda, kutilmagan natijalar nisbatan ko‘proq kuzatilyapti. «Mash’al», «Qo‘qon-1912» jamoalari kutilmaganda turnir jadvalining yuqori o‘rinlarida borishyapti. Bunga bir tomondan yetakchi klublarimizning ochko yo‘qotishlari ham sabab bo‘ldi. Shunday pallada Toshkentning «Obod» jamoasi ham yomon taassurot qoldirmayapti. Rauf Inileev shogirdlarining oliy ligaga ancha moslashib olishgani ko‘rinib turibdi. Biz jamoaning yulduz futbolchisi, o‘tgan mavsum 14ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi bo‘lgan Shohruz Norxonovdan «Olmaliq»qa qarshi kechgan o‘yin oldidan intervyu olgandik.

- Shohruz, nihoyat, Rauf Inileev jamoa bilan birga. Menimcha, uning yo‘qligi biroz bo‘lsada bilindi...

- Xuddi shunday. Mana, Rauf Talgatovich sog‘liqlarini tiklab, ishga qaytdilar. Bundan barchamiz xursand bo‘ldik. Endi o‘yinimizda yana ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi, degan umiddaman.

- Faoliyatingiz davomida ko‘p murabbiylar bilan ishladingiz. Inileevning uslubi qolganlarnikidan nimasi bilan farqlanadi?

- Rauf Talgatovichning 2007 yili Osiyoning eng yaxshi murabbiyi, deb topilishi bejiz emas. Shaxsan men boy tajribaga ega ushbu mutaxassisdan ko‘p narsa o‘rganyapman. Mashg‘ulotlari juda qiziqarli va rang-barang.

- Shu kungacha o‘tkazilgan 5ta tur uchrashuvlari haqida qanday fikrdasiz?

- Hozircha yomon emas. Mavsumni yaxshi boshladik, deb o‘ylayman. Lekin alam qilgani - «So‘g‘diyona»ga qarshi kechgan uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradik. Biz o‘sha o‘yinda kamida durangga munosib edik. Agar taqqoslaydigan bo‘lsak, o‘tgan yilgiga qaraganda yaxshiroq start oldik. Hali o‘zimizni yana ko‘rsatamiz. «Obod» ikkinchi mavsumdirki, oliy ligada o‘ynayapti. Shunga yarasha tajriba ortib bor-yapti. Futbolchilarning mahorati oshayotgani ham yaqqol ko‘zga tashlanyapi. Yigitlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch ortgan. Lekin hali o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlashimiz kerak.

- O‘tgan mavsum to‘purarlik mahoratini namoyish etib, 14ta gol urgandingiz. Nazarimda, bu yil sermahsullik kamdek ko‘rinyapti. Yoki yaxshi ot keyin chopadimi?

- Balki (kuladi). Hali mavsumning katta qismi oldinda. Umid qilamanki, o‘z gollarim bilan jamoam muvaffaqiyatiga hissa qo‘shaman. Chempionat to‘purari bo‘lishni maqsad qilganman.

- Sizga mavsumlar oralig‘ida grand klublardan takliflar bo‘lgandi. Lekin «Obod»da qolishni afzal bildingiz. Bu fikrga kelishingizga yetarlicha sabablar bormidi?

- «Obod»da qolsam, muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lardim. Boshqa klublarda esa bu narsa kafolatlanmagan. Qolaversa, meni futbolchi sifatida yuzaga chiqargan jamoani osongina tashlab ketish noto‘g‘ri. Klubdagilarga nisbatan hurmatsizlik qila olmayman. Vaqti kelib, o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yadigan jamoalarda o‘ynashga ulguraman.

- Takliflar orasida qaysi variant sizga yaxshiroq ko‘ringandi?

- Toshkentning 3ta grandi - «Lokomotiv», «Paxtakor» va «Bunyodkor»dan har tomonlama yaxshi taklif olgandim.

- Mana shu 3ta jamoadan qay biriga o‘tgan bo‘lardingiz?

- Uchala jamoa ham yurtimiz futbolida o‘z o‘rniga ega.

- Lekin baribir, yoshlikdan ko‘proq mehr tushgani bo‘ladi-ku!

- Bilasizmi, bu savolga shunday javob beraman: Rossiya yoki Angliya chempionatlarida o‘ynashni orzu qilaman.

- O‘zbekiston klublaridan-chi?

- Nomini aytmayman, lekin grand jamoalarda to‘p surish niyatidaman.

- Sizga bo‘lgan takliflarda «Obod» klubi rahbariyatining fikri va pozisiyasi qanday bo‘ldi?

- Ular jamoada qolishimni xohlashdi. Balki bu yaxshilikkadir?!

- «Obod» bilan tuzgan shartnomangiz yana qancha muddat davom etadi?

- Ikki yil.

- Shohruz, siz milliy jamoamiz yig‘inlarida ishtirok etdingiz. Ayting-chi, termadagi muhit qanday ekan?

- Bari ajoyib, hamma bir-birini hurmat qiladi.

- Lekin avvalgi o‘yinlarda natija yaxshi bo‘lmadi. Muhim uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchradik...

- Bu bosqichga yetib kelgan barcha jamoalarning orzusi - JCH-2018ga chiqish. Shu bois ham o‘yinlar hech bir termaga oson bo‘layotgani yo‘q. Janubiy Koreyaning Xitoyga yutqazishini kim ham o‘ylabdi, deysiz? Shaxsiy fikrim, hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q. Nasib qilsa, biz mundialga boramiz.

- Qolgan 3ta o‘yindan ikkitasi mehmonda o‘tkaziladi. Keyin Toshkentda Janubiy Koreya termasini qabul qilamiz. Vaziyatga real qarasak, imkoniyatlarimiz ancha past ko‘rinmayaptimi?

- Bilmadim, shaxsan men milliy jamoamizga ishonaman. Albatta, ko‘p yillik orzularimiz ro‘yobga chiqadi. Istagim - muxlislar ham termamizga oxirigacha ishonishda davom etishsin.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:54, 24.04.2017.
O'qildi: 2845 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.