Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Munosabatning maydondagi manzarasi yoxud «el-klassiko»cha erkin rux

Munosabatning maydondagi manzarasi yoxud «el-klassiko»cha erkin rux

Baho:
+ | -

Futbol olami endi-endi porlayotgan yangi yulduz - yangi iste’dodga boqib, rosa sevinmoqda. Hattoki, «U kelajakda Messidan ham o‘zib ketadi!» deya bashorat qilmoqda, orzularga berilmoqda zavqini yashirolmay. Kilian Mbappe! Bu yigitni Yevropa Chempionlar Ligasi kashf etdi, muxlislarga tanishtirdi. Mbappe - «Monako»ning munavvar mayog‘i! Hamma havaslarimiz «Monako»ga! Futbol - dunyo o‘yini. Yangi iste’dod - shu dunyo farzandi. Demak, Mbappe - futbol olami fuqarolari, ya’niki, barcha muxlislarning sevimlisi, erkatoyi... Bu - Mbappe va uning ajib o‘yiniga munosabat. Yo‘q, aniqrog‘i, 18 yoshli yigitchaning futbolga munosabati bizni hayratlantirmoqda va o‘sha yondashuvga munosabat bildirmoqdamiz.

Oddiy aytganda, Fransiya futbol muhitining yosh iste’dodga munosabati e’tiborimizni tortdi. Mbappe Janubiy Koreyada o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga bormaydigan bo‘libdi. E’tibor bering,  Fransiya milliy jamoasi ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari manfaati yo‘lida shunday qarorga kelishibdi. Yoshlar o‘rtasidagi mundial maqomi bizning futbol muhitimizda o‘ta yuqori bahoga sazovor. Turnirda Mbappesiz qatnashadigan Fransiya yoshlar termasi medallarsiz qolar ehtimol... Biroq bu hol Didye Deshamni qiziqtirmaydi va yoshlar termasi murabbiyi ham uning istagini qo‘llab-quvvatlaydi. Nega? Chunki mamlakat futboli obro‘-e’tiborini bosh jamoa yutuqlari belgilaydi. Fransuz futboli ongi shu xulosani qabul qilishga tayyor. Biz esa «Qizilqum» tarkibida yosh futbolchi Bekzod G‘anijonovning zaxiradan maydonga tushganidan quvonib o‘tiribmiz. Bu quvonch sarhadlari shu bilan chegaralanmaydi. U oliy ligadagi olag‘ovur yangilanishlardan xursand. To‘g‘ri, yangilanishlardan biz ham mamnunmiz, lekin xulosa bobida hamon ikkilanish mavjud. Fikrimizcha, bugungi «Lokomotiv» va «Nasaf» avvalgi mavsumlarni eslatmayapti. Gap har ikki jamoa tarkibidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq emas, chog‘i. Zero, avvalgi shasht, shukuh sezilmayapti. Jamoada shasht sinmasa, tarkibga bog‘liq o‘zgarishlar o‘yin sifatiga jiddiy ta’sir o‘tkazolmaydi. Shasht sindimi, tamom. Uni mahoratli futbolchilar ko‘magi bilan ham tiklash qiyin. Hozirgi vaziyatda yetakchilarga xos yengilmas ruh, shashtu-shijoat o‘rtamiyona klublar tomon o‘tib ketgandek taassurot uyg‘onmoqda. Qaysiki viloyat yoki shahar klubi ketma-ket yutuqlarga erishayotgan bo‘lsa, o‘sha joyda o‘zgacha futbol kayfiyati hukmron. Mahalliy muxlislar uchun shu yutuqlarning o‘zi katta shodiyona. Qo‘qonlik, samarqandlik va namanganlik muxlislar bu kunlarni uzoq vaqt orziqib kutdilar. Ular zafarli damlarga intizor edilar. Shu bois, Namangan, Qo‘qon yoki Samarqanddagi stadionlarga muxlislar tashrifi ko‘pligini tushunsa bo‘ladi. Poytaxtlik muxlisning «Lokomotiv» «Paxtakor» yoki «Bunyodkor»ga nisbatan talabi esa butunlay boshqacha. Bu klublar oliy ligadagi muvaffaqiyatlar bilangina poytaxtlik ixlosmandlarni stadionlarga qaytarolmaydi. Ular uchun yagona yo‘l - xalqaro uchrashuvlar orqali asta-sekin avvalgi obro‘-e’tiborni tiklash. OCHL - bu borada eng yaxshi imkon. Har bir klub xalqaro musobaqalarda o‘zining Mbappelarini maydonga tushirsa va yosh iste’dodlar «Monako»da kuzatilgani kabi chorak va yarim finallar sari yo‘l ochishsa, poytaxt stadionlari ham muxlislar bilan to‘lib-toshishiga ishonchimiz komil.

Biz nazarda tutayotgan o‘zgarishlar amalga oshishi uchun mavjud moddiy-texnik imkoniyatlarni tubdan isloh qilish shart emas. Albatta, rivojlanishdan to‘xtamaslik ma’qul. Lekin hozirgi imkonlarning o‘zi bilan ham alohida yutuqlarga erishsa bo‘ladi. Muhimi, ishga yangicha yondashuv darkor. Bu yangicha munosabat demakdir. Futbol ongida chaqmoq chaqnamasa, dovul turmasa, o‘zgarish va taraqqiyotga umid bog‘lash befoyda. Zamonaviy infratuzilma - barchaning orzusi. Bo‘lajak iste’dodlar shunday sharoit­da shug‘ullanishga munosiblar. Mamlakatimizdagi futbol siyosatining bosh maqsadi ham shu. Ezgu maqsad ro‘yobini ta’minlash esa futbol ma’naviyatini shakllantirishdan, uning ongidagi osudalikni yo‘qotishdan boshlanadi. Aks holda, futbol muhitimizda o‘zaro yovqarashlar, turli istehzo va iddaolar tinmaydi. Deylik, Samvel Babayan jurnalistlarni 

Maqolaning davomi bor. Davomiga o‘tish uchun bu yerga bosing

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:08, 25.04.2017.
O'qildi: 5945 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.