Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

«Messiga taqlid qilmayman» - Gollandiyaning yosh umidli futbolchisi tarixi

«Messiga taqlid qilmayman» - Gollandiyaning yosh umidli futbolchisi tarixi

Baho:
+ | -

Gollandiya futboli inqiroz ko‘chasida. Terma jamoa Yevropa chempionatiga chiqa olmadi, Klublar esa Chempionlar ligasida ishonchli tarzda o‘yin olib borisholmayapti, yangi g‘oyalar bilan kirib kelgan yosh murabbiylardan birini esa Milanning “Inter” klubidan haydashdi. Hali umid so‘nganicha yo‘q. Gollandiya uchun umid bag‘ishlovchi yosh o‘yinchilar bor. Ulardan biri Devi Klassen haqida gapirib o‘tamiz.

3 qism. Gaaga

Nordeynd saroyi tarixi davomida ne ne urushlarni, o‘limlarni, portlash va yonishlarni guvohi bo‘lmasin o‘z qaddini roslab turgani sabab qirollik saroyi hisoblanadi. Monarx Villem-Aleksandr toj uchun juda qayg‘uradi. Shuning uchun har zamonda saroyda har xil ziyofatlar tashkil qilib turadi. O‘z kasblari yo‘nalishidan medal olganlarni chaqirib tabriklab turadi.

Odatda jurnalistlar, rassomlar, sportchilar va rejissyorlar kelib turishadi. Bu qatorni dekabr oyida yo‘l to‘g‘irlovchi ikki aka-uka xodim Yordi va Marko ten Blinke to‘ldirishdi. Ular saroy oldida hayajonlarini yashirishga urinib turishardi. Yordi: «Mening kostyumim yo‘q. Yaxshiyam kechaga alohida kiyim aytishmagan. Chunki men nima kiyishni ham bilmayman».

Marko mashinaning orqa o‘rindig‘idan “Ayaks” klubining bolalarga to‘g‘ri keladigan futbolkasini olib chiqadi.

- Men bu yerga do‘stimning o‘g‘li uchun Devi Klassendan dastxat olish uchun kelganman.

2015/16 yil mavsumning eng yaxshi o‘yinchisini saroydan chiqayotgan paytida kutib oldi. Dev esa o‘z navbatida dastxatini muammosiz qo‘yib berdi. Aka-ukalar o‘ziga yo‘q xursand edilar va ularning gaplariga qaraganda endi bemalol uyga qaytishlari ham mumkin. Klassenga ham kecha yoqqanligini yashirmadi: “Men u yerda mazali narsalar yedim” – deb aytdi.

Gollandiyada Marko ustidan kuluvchi biron kimsa topilmasa kerak. Villem-Aleksandr ham bir tomondan “plastmassa” qiroli hisoblanadi. “Ayaks” sardori hamma vaqt haqiqiy kuch. Bu haqda Villem-Alesandrning o‘zi juda yaxshi biladi. Jurnalistlar qirolning yoshligidagi “Ayaks” futbolkasida, o‘sha davrdagi yulduzlar dastxatlari bilan tushgan rasmini topishgan. Klassenning o‘zi ham bir tomondan qirol hisoblanadi.

2 qism. Amsterdam

Har qanday gollandiyalik yulduzning o‘yin uslubi: yosh, yuqori texnika egasi, yorqin va katta ligalarga intiluvchan. Klassen – boshqacha. U mutlaqo o‘zgacha, chunki 24 yoshiga qaramasdan u hali hamon “Ayaks” jamoasiga sodiq qolmoqda. Boshqa yurtdoshlariga o‘xshab katta ligalarga intilmayapti.

Aynan hozir ketish vaqti kelgandek. Uni asosiy tarkibga qo‘shgan va oltin medallarni birga qo‘lga kiritgan Frank de Bur jamoada emas. Yangi bosh murabbiy Peter Bos birinchi kunidayoq bu jamoada hali tayyor emasligi ma’lum bo‘lgan. Yana bunga qo‘shib 2011 yildagi tarkibdan: Eriksen, Anita, Blind, Van der Vil, Sigorssondan faqatgina Klassen qolgan. Hozirda Klassen 100 ta o‘yindan ko‘proq o‘ynagan 3 ta o‘yinchilardan biri hisoblanadi.

O‘tgan qishda “Napoli” Klassen bilan qiziqgan edi. “Ular menga taklif bilan chiqqanlarida, men ular necha pul taklif qilishlarini eshitgim ham kelmadi. Men o‘ylab o‘tirmay “Ayaks”ga qolishimni aytganman” – deb aytib o‘tgan Klassen, «ManUtd» va «Arsenal» umidlarini so‘ndirib. Birdan o‘zining jamoadoshi Arkudish Milikning Neapolga ketish sababini ham izohlab o‘tgan: «Uning ketishiga faqatgina pul sababchi».

Aytgancha futbolka haqida. “Barsa” bilan o‘yin oldidan Devi bir gapi bilan Messini lol qoldirgan. “Agar u (Messi) mening futbolkamni so‘ramasa, men ham uni futbolkasini so‘ramayman. Messi juda ham yaxshi o‘yinchi, ammo men taqlid qiladigan futbolchi emas”. Klassen tomonidan bu anchagina g‘alati holat. Argentinalik bilan o‘xshashlik tomonlari shundaki, ularni ikkalasini ham klub o‘z qahramonlari bo‘lishlari uchun ulg‘aytirishgan.

1 qism. Xilversyum

Keyingi manzil – Xilversyum. Poytaxtga yaqin bo‘lgan shahar, eski arxitekturasi va noyob landshaftlari bilan chiroylidir. U yerdan 11 yoshli Klasen o‘z akasi va opasini tark etgan holda “Ayaks”ga yo‘l oladi.

Gollandiyaning asosiy akademiyasi 14 gektardan tashkil topib, u yerda 200 ga yaqin har xil yoshdagi bolalar tahsil oladi. O‘tgan yildan buyon bu akademiyada dunyodagi eng yaxshi va iqtidorli bolalar harakat qilishadi.

Bu yerda haqiqiy futbol jannati yaratishgan. Biroq katta futbolga qadam qo‘yish uchun, bolakaylar katta raqobatga duch kelishadi va hamma vaqt psixologik va jismoniy jihatdan tayyor bo‘lishlari kerak. O‘z navbatida skautlar Afrika, Janubiy Amerikalarda hushyor turishadi va iqtidorli bolakaylarni kuzatib turishadi.

0 qism. Barselona

Klassenning boshlangan faoliyati sal qolsa tugay degandi. Gap shundaki 19 yoshida Devi debyut o‘yinidan so‘ng hammadan maqtovlar eshitganida, ko‘z tegdi shekilli, jarohat oladi, juda ham og‘ir jarohat. Eng achinarlisi, mavsum boshida jarohat olganligi.

Jarohat unga qattiq ta’sir qildi. Klassen kayfiyatsiz yurardi va xafa ko‘rinishda o‘z jamoadoshlari o‘yinini maydondan turib tomosha qilardi. Ba’zida shifokor huzuridan qaytgach, divanga o‘tirib o‘ylab qolardim: nahotki faoliyat shu bilan tugasa? «Ancha vaqtdan so‘ng men bularni hammasi tugamaydi deb o‘ylardim» – Devi eslab o‘tdi.

Kruiff Klassenni oyoqqa turg‘izish uchun eng katta sabablardan biri bo‘ldi. “Ayaks” afsonasi Barselonadagi eng zo‘r shifokor bilan kelishib, uning shifoxonasiga Klassenni yotqizadi va har zamonda uni oldiga borib xabar olib turadi. Bir necha marotaba oldiga borib, ko‘nglini ko‘tarishga harakat qildi va bu uning qo‘lidan keldi: “Men hech qachon u bilan yaqindan tanish bo‘lmaganman. O‘ziz o‘ylab ko‘ring: birdan gollandiyalik afsona sizning oldingizda paydo bo‘lsa”.

Devi jarohatidan so‘ng jamoaga qaytadi va yana Kruiff yordami bilan de Bur ishonchiga kiradi. Kristian Eriksen jamoani tark etganidan so‘ng Klassen uni o‘rnini bosdi. Bu bilan Klassen o‘zini oqladi.

Uning o‘yinini ko‘rib murabbiylar Klassenning ko‘p jihatlari Kristiandan kuchliroq ekanini aniqlashdi, muxlislarni esa yoqimtoyiga aylandi. “Amsterdam Arena”da esa Devi Klaassen, ole-ole-ole qo‘shig‘i qarib har bir o‘yinda qo‘llanadi. Klassen “Ayaks”ni mehrini qozonib, qahramoniga aylanib bo‘ldi. Keyingi maqsad – terma jamoa. Shundan so‘ng Messi uning futbolkasini so‘rashi aniq.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 12:02, 26.04.2017.
O'qildi: 4296 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.