Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

FA jurnalist ayolga do‘q qilgan Moyes ustidan ish ochdi

FA jurnalist ayolga do‘q qilgan Moyes ustidan ish ochdi

Baho:
+ | -

Angliya futbol assosiasiyasi (FA) «Sanderlend» bosh murabbiyi Devid Moyes ustidan intizomiy ish ochdi.

FA shotlandiyalik 54 yoshli mutaxassisni ahloq me’yorlarini qo‘pol buzganlikda aybladi.

Eslatib o‘tamiz, Devid Moyes BBC jurnalisti Viki Sparksga nisbatan qo‘pollik qilgan edi. Jurnalist ayol APL 29-turidan o‘rin olgan «Byornli»ga (0:0) qarshi o‘yindan so‘ng murabbiyni noqulay ahvolga solgan. Xususan u, «Sanderlend» xo‘jayini Ellis Shortning stadionga tashrif buyurishi Moyesning kelajagini so‘roq ostiga qo‘yadimi, degan savol bilan murojaat qilgan.

Moyes matbuot-anjumanidan keyin Sparks yoniga kelib: «Bu juda qo‘pol gap bo‘ldi, o‘zingga ehtiyot bo‘l. Ayol kishi bo‘lishingga ham qarab turmayman, tarsaki yeb qolishing mumkin. Keyingi safar savol berayotganingda o‘ylab gapir» - degan. Sparks murabbiyning bu gaplarini bildirmasdan yozib olishga muvaffaq bo‘lgan, ammo uning ustidan hech qayerga shikoyat qilmagan. Ammo voqeadan xabar topgan BBC rahbari Moyesga qo‘ng‘iroq qilib, uni muxbirni qo‘rqitishda ayblagan va sudga murojaat qilishini aytgan. Keyinroq Moyes ayolga qo‘ng‘iroq qilib, kechirim so‘ragan. Sparks ham, BBC ham murabbiyning uzrini qabul qilgan.

Ammo bu voqea matbuotda oshkor bo‘lib ketgach, FA mutaxassis ustidan ish ochishga qaror qildi. Endi Moyes bu ayblovga 3 may kunigacha javob berishi kerak.

 

Manba: sports.ru
Kiritildi: 17:14, 26.04.2017.
O'qildi: 2656 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.