Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Birinchi liga. “Sementchi” muhim uchrashuvda g‘alaba qozondi va yaqqol peshqadamga aylandi

Birinchi liga. “Sementchi” muhim uchrashuvda g‘alaba qozondi va yaqqol peshqadamga aylandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Birinchi ligasining markaziy uchrashuvida “Sementchi” Quvasoyda “Andijon” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv kutilganidek keskin va kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Jamoalar ilk daqiqalardanoq maydonning xar bir qarichi uchun kurash olib bordilar. Stadionga tashrif buyurgan 4000 dan ortiq muxlis va Andijondan tashrif buyurgan 400ga yaqin muxlislar olqishi ostida xar ikkala jamoa yanada ishtiyoq bilan xarakatlandi.

O‘yinning 28-daqiqasidagi yagona vaziyat uchrashuv taqdirini hal qildi. Mezbonlar yarimhimoyachisi Elyor Mamasoliyevning odatdagidek “qochishi”ni andijonlik ikki nafar himoyachi jarima maydoni ichida qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Vaziyatga yaqin turgan bo hakam Dimitriy Pislegin o‘n bir metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Belgilangan penaltini amalga oshirish uchun to‘p yoniga tajribali Raxmatillo Meliboyev yaqinlashdi va Lochin Dolimov qo‘riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi.

Shundan so‘ng uchrashuvda keskinlik yanada ortdi. Andijonliklar harchand bosim uyushtirishga urinsalar-da, darvoza oldida deyarli xavfli vaziyat sodir etilmadi.

Aksincha mezbonlar tezkor qarshi xujumlar bilan bir necha marta juda qulay va o‘ta xavfli vaziyatlardan foydalana olmadilar. Shu tariqa uchrashuvda kiritilgan yagona gol evaziga “Sementchi” navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritib, ishonchli tarzda yaqqol peshqadamga aylanib oldi.

Birinchi liga. 6-tur
26 aprel, Quvasoy. 3150 tomoshabin.
«Sementchi» (Quvasoy) – «Andijon» (Andijon) – 1:0.
Gol: R. Meliboyev (28 penalti).
Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent) – 8,3, SH. Fayziyev (Jizzax) – 8,5, SH. Kayumov (Jizzax) – 8,2, R. Kopadze - 8
Inspektor: S. Ermatov (Toshkent).
Ogohlantirishlar: S. Sotivoldiyev (22), A. Yusupov (80) – F. Bekmuratov (19), SH. Jumabayev (22), I. Otaxanov (35), S. Askaraliyev (39), L. Dolimov (85).
Chetlatish: D. Mamatov (85) – A. Berdiyev (85).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:22, 27.04.2017.
O'qildi: 3499 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.