Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

Jerard haqida barchasi: «Meni «Enfild»ga ko‘minglar»

Jerard haqida barchasi: «Meni «Enfild»ga ko‘minglar»

Baho:
+1 | -

Yaqinda Stiven Jerrard faoliyatini tugatdi va “Liverpul”ning tirik afsonasiga aylandi.

Jerrardning ashaddiy raqiblari ham uni hurmat qilishadi va undan o‘rnak olishga harakat qilishadi. U hamisha zarba berishga tayyor turgan va haqiqiy sardor sifatida o‘zini tutgan. Biz siz bilan XX asrning Angliyadagi eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri tarixi haqida eslab o‘tamiz.

“Men qabul qilib olgan maktublarimdan hayratga tushgandim. Men muxlislarimga o‘z minnatdorchilik bildirmoqchiman va bu qo‘llab-quvvatlashlarini hamisha yuragimda saqlayman. Men “Liverpul” safida harakat qilganimdan g‘ururlanaman”.

2015 yil may oyida Stiven Jerrardning Enfilddagi 17 yillik faoliyati tugadi. 35 yoshli angliyalik yarim himoyachi ketish vaqti yetib kelganini tushundi va faoliyatini MLSda davom ettirishga qaror qildi. Jerrardning oxirgi o‘yini achinarli tarzda o‘tdi. APLdagi oxirgi turda “Stok Siti”ga 6:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Ammo muxlislarning Jerrard bilan xayrlashuvi ajoyib tarzda o‘tdi. O‘z kumirlarini rasmi tushirilgan banner ko‘tarib: “Eng yaxshilardan yaxshisi edi, eng yaxshilardan yaxshisi bo‘lib kelgan va eng yaxshilardan yaxshisi bo‘lib qoladi” degan yozuvlar bilan kuzatib qo‘yishdi.

“Agar men o‘lsam, meni shifoxonaga olib ketmanglar, meni “Enfild”ga olib kelinglar. Chunki men shu yerda tug‘ilganman va shu yerda o‘laman”.

Yoshligida har bir mersisaydlik bolakay boshiga tushadigan tanlov, uning boshiga ham tushgan: “Liverpul” yoki “Everton”? Uning otasi “qizilllar” ashaddiy muxlisi bo‘lsa, uning amakisi o‘z jiyanini “ko‘klar” tomonga og‘dirishga undardi. 8 yoshida Jerrardni “Liverpul” o‘z akademiyasiga qabul qilgandan so‘ng, bu mavzu tamoman yopildi. Bir vaqtlar ko‘chada do‘stlari bilan futbol o‘ynayotgan paytda Stiven to‘pni o‘rniga yerni tepib yuboradi va bosh barmog‘i jarohat oladi. Jarohat tufayli bosh barmog‘idan ajralish xavfi bor edi va batamom futbol bilan xayrlashishi mumkin edi. Ammo bolakayning omadi bor ekan va operasiyadan qutildi.

1998 yil Jerrard “Blekbern”ga qarshi debyut o‘yinini o‘tkazadi. O‘sha o‘yinda Jerrardlar oilasi tashrif buyurishgan, yarim himoyachining o‘zi esa bunga ishonishi qiyin edi: “Men juda ham xursand endim va qo‘rquvda ham edim. Bu his-hayajonlarni aytib berib bo‘lmaydi”. Mening birinchi bor Enfild maydonida 70 mingga yaqin muxlis ko‘z o‘nggida o‘ynaganim hech qachon esimdan chiqmaydi. Bu 8 yoshlik bolakay orzusi edi.

Uning birinchi jiddiy g‘alabasi 2001 yilda kutib turgan. “Liverpul” safida juda ko‘p yutuqlar yutib oladi: Liga kubogi, Angliya Kubogi va UYEFA kubogi, final uchrashuvida “Alaves” darvozasiga gollardan birini kiritadi. 2003 yilda Jerar Ule Jerrardni jamoa sardori etib tayinlaydi.

2004/05 yilgi mavsumda Stiven o‘z ismini tarixga batamom yozadi. Hammasi uning “Olimpiakos”ga urgan ajoyib golidan boshlanadi. Uning bu goli greklar ustidan g‘alaba qozonishni ta’minlaydi. Finalda “Milan” bilan bo‘lgan uchrashuvda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘layotib, ishonib bo‘lmaydigan kambek uyushtirgan va penaltilar seriyasida “mersisaydliklar” g‘alaba qozonishadi. Jerrardning o‘zi 7-osmonda edi: “Birinchi bo‘limdan so‘ng men uchrashuvni ko‘z yoshlarim bilan tugataman deb o‘ylagan edim, ammo biz o‘z tariximizdagi eng muhim kubokni qo‘lga kiritdik”.

Bir yildan so‘ng o‘z jamoasiga Angliya kubogini qo‘lga kiritishga yordam beradi. “Vest Xem” bilan bo‘lgan o‘yinda 32 metrdan urgan goli bilan hisobni tenglashtiradi va “qizillar” penaltilar seriyasida zafar quchishadi. Stivenning asosiy maqsadi APL bo‘lib qolardi. U bunga 2013/14 yildagi mavsumda juda yaqin edi. Taqdir taqozosi bilan aynan Jerrardning xatosi evaziga “Chelsi”, “Liverpul” ustidan g‘alaba qozonib, ularni kubokdan umidini so‘ndirishadi. “Men o‘ylaymanki, bu xato bir necha yil oldin ro‘y berganda, meni aqldan ozdirardi. Ammo futbolni robotlar o‘ynashmaydi, odamlar o‘ynashadi va xato hammada ham bo‘ladi. Aynan shu kabi xatolar odamni oldinga undaydi”.

17 yil davomida “Liverpul” tarkibida Jerrard, akademiyadagi yosh bolakaydan, tirik afsonagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. U “Liverpul” timsoli va jamoa XX asrdagi yutuqlarining sababchisi bo‘lib qoladi. Yetakchi va jamoa sardori. U hamisha har bir o‘yinda jon jahdi bilan harakat qilgan. Yaqinda 3-diviziondagi “MK Dons” jamoasidan taklif olgan va “Liverpul” akademiyasiga murabbiy yordamchisi bo‘lish taklifini olgan. Qayerga bormasin uning mehnatkashligi hamma vaqt unga omad olib kelishi aniq.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 21:43, 27.04.2017.
O'qildi: 5412 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.