Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ronaldu 2010 yilda zo‘rlash ayblovidan qutilib qolish uchun tovon pulini to‘lagani isbotlandi

Ronaldu 2010 yilda zo‘rlash ayblovidan qutilib qolish uchun tovon pulini to‘lagani isbotlandi

Baho:
+ | -

Der Spiegel jurnali «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning aybini isbotlovchi hujjatlarni oshkor qildi.

Futbolchi 2010 yil yanvarida bir qizni zo‘rlaganlik ayblovidan qutilish uchun, unga 375 ming dollar tovon pulini to‘laganligi haqida avvalroq xabar berilgandi. Nemis nashri bu xabarning isboti sifatida, Ronaldu va uning maslahatchisi Osorio de Kastro o‘rtasidagi yozishmalarni chop etdi.

Quyida bu yozishmalardan parchalar keltirilmoqda.

Kastro: «O‘rtadagi odamning gapiga qaraganda, qiz dahshatga tushib, yig‘layotganmish. Ammo hozircha tovon puli haqida gap-so‘z yo‘q. Balki keyinroq paydo bo‘lib qolar»
Ronaldu: «Xo‘p»

Keyinchalik Kastro Ronalduga SMS jo‘natgan.
Kastro: «950 ming dollar»
Ronaldu: «Shu pulni so‘ramoqdami?»
Birozdan keyin Kastro: «Bu dastlabki talab edi. Endi 660 ming yevro so‘ramoqda. Biz rad javobini beramiz. Muzokara davom etmoqda»
Ronaldu: «Juda katta pulku?»
Kastro: «Ha, o‘ylashimcha bu pulni kamaytiramiz»
Ronaldu: «Bundan ham kamroq to‘lash kerak»

Keyinchalik Kastro Ronalduga muzokara natijalarini gapirib bergan: «Biz 260 ming yevroga kelishdik. Bundan tashqari, o‘rtada turgan odamga ham to‘lash kerak. Shuningdek, pulni o‘tkazib berish bilan shug‘ullanuvchi huquqshunoslarga ham pul berish kerak. Bilaman, bu oz pul emas. Ammo bu vaziyatdan chiqib ketish uchun eng yaxshi yo‘l – mana shu. Kelishuvga erishish ham oson bo‘lmadi».

Der Spiegel o‘z ma’lumotlariga Ronalduning imzosi tushirilgan hujjatlarni ilova qilgan. Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, nemis nashri tovon pulini to‘langanligiga isbot keltirmoqda. Zo‘rlash borasida hech qanday dalil keltirilmagan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:01, 27.04.2017.
O'qildi: 12022 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.