Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nacho: "Real" qoyilmaqom mavsum o‘tkazyapti"

Nacho: "Real" qoyilmaqom mavsum o‘tkazyapti"

Baho:
+ | -

"Real" himoyachisi Nacho Fernandes Ispaniya chempionatining 34-turida "Deportivo" bilan uchrashuvdan so‘ng (6:2) jamoasining o‘yinlari haqida fikr bildirdi.

"Deportivo" ustidan g‘alaba - o‘tgan turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng taskin bo‘ldi - jamoa qoyilmaqom o‘yin ko‘rsatdi. "Barselona"ning g‘alaba qozonganini bila turib, "Riasor"da yuzimizni yerga urmasligimiz shart edi.

Hammasiz kurashdik va chempionlik uchun kurashni davom ettiramiz. Zidan o‘z ishini ajoyib bajarmoqda, jamoa kurashga chanqoq, hamma birgalikda qoyilmaqom mavsum o‘tkazyapmiz.

La ligada va chempionlar ligasida g‘alaba qozonish o‘zimizga bog‘liq. Barcha o‘yinchilar o‘zlarini jamoaning bir bo‘lagi deb his qilmoqdalar va hammamiz jangga tayyormiz", - deydi Nacho.

Manba: football.kulichki.net
Kiritildi: 07:40, 28.04.2017.
O'qildi: 3439 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.