Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

APLning bo‘lg‘usi yulduzlari bilan tanishamiz!

APLning bo‘lg‘usi yulduzlari bilan tanishamiz!

Baho:
+ | -

Ko‘pgina milliy chempionatlarda bo‘lganiday, Angliyada ham mahalliy yulduzlar asosan o‘z yurtlarida to‘p surishadi. Buni tushunish ham mumkin: xorijda o‘sishga erishish anchagina mushkul, buning ustiga chet el klublarining qiziqishini orttirish ham oson ish emas. Ammo ingliz iqtidorlarining mamlakat birinchiligida to‘p surishlari ham bugunga kelib oson ish bo‘lmay qoldi. Buni APLdagi klublarning tarkibi ham yaqqol tasdiqlab turibdi. «Uch sherlar» termasi xalqaro miqyosdagi musobaqalarda erishayotgan natijalar esa mahalliy yoshlarga qaratilmayotgan e’tiborning qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishiga misoldir.

Shunga qaramay, APLda o‘sishga erishayotgan iqtidorlar ham kam emas va quyida ular bilan tanishasiz.

Raxim Sterling, «Manchester Siti», 22 yoshda

Ingliz, qo‘yingchi jahon futbolining bo‘lg‘usi yulduzi sifatida «Shaharliklar» tarkibidan o‘rin olgan yigitcha dastlab «yo‘qolib» qolganday bo‘ldi. Bir qarashda unda tezlikdan bo‘lak hech narsa yo‘qday ham tuyuldi. Shunga qaramay, Sterling ko‘plab uchrashuvlarda maydonga tushdi - 31 bahsda, ammo bu raqam «Liverpul»da o‘ynaganidan ko‘ra kamroq edi. Pep Gvardiola boshqaruvni qo‘lga olgach esa, Raxim yana «yashnab» ketdi: o‘tgan mavsumga qaraganda o‘rtacha 17 daqiqa ko‘proq maydonda to‘p suryapti, «gol Q pas» tizimida esa karyerasida rekord qo‘yishga ham ulgurdi, shuningdek, iqtidorli assistent sifatida o‘zini ko‘rsatdi, ispan murabbiyi shogirdlarining hujumning butun fronti bo‘ylab faol harakatlanishiga bo‘lgan intilishi yosh forvardning faoliyatida ijobiy rol o‘ynagani aniq.

Tom Devis, «Everton», 18 yoshda

Jahon futboli yulduzlari misolida bizga ma’lumki, mashhur bo‘lish uchun tashqi ko‘rinishidan haqiqiy sportchiga - muskullari qadimgi greklarni eslatadigan, yuz tuzilishi jurnallardagi mukammallikni o‘zida jamlagan bo‘lish shart emas. Devis ham bir qarashda oddiy qishloq yigitiga o‘xshaydi: oriqdan kelgan, sochlari to‘zigan yigit, getralarini esa qayirib olgan. Yoshi esa bor-yo‘g‘i - 18da, Tom «irislar» asosiy tarkibidan o‘rin olishi masalasiga kelsak, u bunga tinimsiz o‘z ustida ishlashi natijasida erishdi. Devisning «Everton» jamoasining harakatlariga osongina kirishib ketganini ko‘rib esa, u hali juda yosh deb o‘ylamaysan ham.

Vilfred Ndidi, «Lester», 20 yoshda

Yarim himoyachi Angliyada yanvar oyida paydo bo‘lganini e’tiborga oladigan bo‘lsak, uning nomini joriy ro‘yxatga kiritilishini bo‘nak sifatida qabul qilish lozim - baliq bo‘lmagach, qisqichbaqa ham uning o‘rniga o‘taveradi-da. Darvoqe, bu jihatdan oladigan bo‘lsak, «qisqichbaqa»ning harakatlari yomon emas. N`Golo Kante jamoani tark etgach, shoshilinch ravishda tayanch yarim himoyachi topishni vaziyat taqozo qildi va u o‘zining erkin harakatlari bilan raqib hujumlarini yo‘qqa chiqarishi talab qilinardi. To‘g‘ri, vaziyatlar yaratish borasida futbolchi o‘z ustida hali ancha ishlashi kerak, biroq raqibdan to‘pni olib qo‘yishday vazifasini nigeriyalik a’lo darajada uddalamoqda. Eng qizig‘i, Ndidida hujumga qo‘shilib ketish iqtidori ham yo‘q emas va u hatto, bu borada o‘zini ko‘rsatishga ham ulgurdi.

Aleks Ivobi, «Arsenal», 20 yoshda

Yana bir iste’dodli nigeriyalik futbolchi Angliyada qo‘nim topganday, ammo «Arsenal»   «Lester»ga nisbatan olinganda anchagina yuqorida turishi aniq. 20 yoshli futbolchi o‘tgan yili Arsen Venger tomonidan endi-endi asosiy tarkibga kiritilgan bo‘lsa, bugunga kelib u jamoa asosining teng huquqli a’zosiga aylandi. Atrofini esa top darajadagi jamoadoshlari o‘rab olishgan - Aleksis Sanches va Mesut Ozil shular jumlasidan. Biroq Ivobi yuqorida nomlari keltirilgan o‘yinchilarning birinchisi tempidan ortda qolmaslikni uddalash bilan bir qatorda, ikkinchisining tezligiga ham moslashishni qoyillatyapti va bularning barchasi «Arsenal» muxlislarida Venger boshqalar nazaridan chetda qolgan yana bir iste’dodni kashf qildi, degan fikr uyg‘otmoqda. Ivobi harakatlaridagi samara ham ortyapti va bu bejizga emas. Zero, Aleks zahirasida ajoyib zarba bor va u bu iqtidoridan ko‘proq foydalanishi mumkin edi. Ammo jamoa yetakchilarini tez-tez to‘psiz qoldirish to‘g‘ri emas, shekilli.

Dele Alli, «Tottenxem», 20 yoshda

DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 10:38, 28.04.2017.
O'qildi: 6036 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.