Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Kuchli beshlikning eng mustahkam himoyalari

Kuchli beshlikning eng mustahkam himoyalari

Baho:
+ | -

Yevropada 2016/2017 mavsum oxiriga tobora yaqinlashib kelayotgan bir paytda kuchli beshlik chempionatlarining ba’zi jamoalari juda kam gol o‘tkazgani bilan metin himoyasini ko‘z-ko‘z qilmoqda.

Qiziqarlisi, bunday jamolarning hammasi ham o‘z milliy chempioantida yetakchi emas. E’tiboringizga kuchli beshlikda shu paytgacha eng kam gol o‘tkazgan jamoalarni taqdim etamiz.

Kuchli o‘nlikni Angliya Premyer Ligasi peshqadami «Chelsi» boshlab beradi – londonliklar hozirgacha 33 ta o‘yinda 29 ta gol o‘tkazgan. «Aristokratlar»dan 1 ta kam – 28 tadan gol o‘tkazgan jamoalar esa uchta bo‘lib, ulardan biri «Roma» Italiya A seriyasida ikkinchi o‘rinni, «Monako» Fransiya 1 Ligasida birinchi va «Nissa» uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yettinchi o‘rinda 34 o‘yinda 27 ta gol o‘tkazib, Ispaniya La Ligasida 5-o‘rinni egallab turgan «Vilyarreal» bormoqda. Oltinchi o‘rinda esa La Liganing yana bir vakili – «Atletiko» bormoqda. «Sevilya»ni quvib o‘tib uchinchi o‘ringa o‘rnashib olgan madridliklar hozircha 25 ta gol o‘tkazgan.

Beshinchi o‘rindagi «Manchester Yunayted» shu paytgacha 24 ta gol o‘tkazgan bo‘lib, 33 o‘yindan keyin Premyer Ligada beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Fransiya 1 Ligasida «Monako»ni izma-iz ta’qib qilib kelayotgan «PSJ» esa 34 o‘yinda 23 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Uchinchi o‘rinda Premyer Ligada «Chelsi»ni ta’qib qilayotgan yagona jamoa – «Tottenhem» bo‘lib, londonliklar 33 o‘yinda 22 ta gol o‘tkazgan. Ikkinchi o‘rinda esa 33 o‘yindan 20 ta gol o‘tkazgan «Yuventus» bormoqda va bu turinliklarning A seriyadagi peshqadamligining asosiy sabablaridan biridir. Nihoyat birinchi o‘rinda Bundesliga peshqadami «Bavariya» bo‘lib, myunxenliklar hozircha 30 ta o‘yinda atigi 17 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 17:48, 28.04.2017.
O'qildi: 7125 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.