Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Oliy liga. «Qo‘qon-1912» G‘uzordan uch ochko bilan qaytmoqda

Oliy liga. «Qo‘qon-1912» G‘uzordan uch ochko bilan qaytmoqda

Baho:
+ | -

Oliy liganing 8-turida «Qo‘qon-1912» safarda «Sho‘rtan» mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida hisob mehmonlar tomonidan ochildi. Suhrob Berdiyev raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 21-daqiqada mezbonlar Eldor Boymatovning zarbasidan so‘ng, penaltidan hisobni tenglashtirishdi.

33-daqiqada mehmonlar ikkinchi marta g‘uzorliklar darvozasini aniq nishonga olishdi. Gol muallifi Filip Rayevas bo‘ldi. U individual mahoratini namoyish etgan holda, bir necha himoyachilarni aldab o‘tib, darvozabonni dog‘da qoldirdi.

Birinchi bo‘lim yakunida qo‘qonliklar uchinchi marta “Sho‘rtan” posbonini ojiz qoldirishdi. Bu safar Javohir Sidiqov o‘zini ko‘rsatdi va darvozabonning xatosidan so‘ng, to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

77-daqiqada Otabek Narzullayev taxminan 22-23 metrlardan kuchli zarba yo‘llab, juda chiroyli gol urdi va hisobni qisqartirdi.

Ammo, o‘yin yakuniga qadar himoyada ishonchli to‘p surgan qo‘qonliklar o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolib, G‘uzordan g‘alaba bilan qayishdi.

Oliy liga, 8-tur
«Sho‘rtan» (G‘uzor) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – 2:3 (1:3)
Gollar: Eldor Boymatov 22 penalti, Otabek Narzullayev 75. – Suhrob Berdiyev 4, Filip Rayevas 34, Javohir Sidiqov 45.

Hakamlar: H. Ro‘ziyev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O‘zPFL vakili: B. Mametov.
“Sho‘rtan”: 1. Eldor Tojiboyev, 3. Aziz G‘ulomxo‘jayev (17.G‘ulom Rahmonov-46), 4. Jamol Otaqulov, 7. Olimjon Karimov, 11. Zafar Polvonov, 14. Umarbek Eshmurodov, 15. Obid Jo‘raboyev, 18. Eldor Boymatov, 19. Ma’rufxon Murodov (29. Qadamboy Nurmetov-46), 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 77. Otabek Narzullayev.
Zaxira: 25. Alibek Turopov, 2. Saidkomil Akbarov, 10. Aleksandr Pishur, 22. Siroj Hamroyev, 88. Akmal Xolmatov.
“Qo‘qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 9. Nosirbek Otqo‘ziyev (97. Oybek Rustamov-60), 10. Javohir Sidiqov, 19. Suhrob Berdiyev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 24. Ibrohim Rahimov, 55. Darko Gojkovich (7. Jamshid Hasanov-66), 77. Murod Xolmuhammedov, 99. Filip Rayevas (11. Andrey Sidorov-81).
Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 17. Avaz Mamatxo‘jayev, 25. Iqbol Malikjonov, 26. Akmal Xolmurodov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 19:46, 29.04.2017.
O'qildi: 3642 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.