"Manchester Siti" sardori Vensan Kompani o‘z futbolkasini "Manchester Yunayted" himoyachisi Timoti Fosu-Mensaga yubordi.
Yosh futbolchi APLda "shaharliklarga" qarshi uchrashuvning (0:0) 86-daqiqasida maydonga tushdi, ammo oradan bir necha daqiqa o‘tib, Kompani bilan to‘qnashuvda 19 yoshli futbolchining yelkasi chiqqan edi.
Fosu-Mensa ushbu jarohatdan so‘ng mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. Kompani vaziyatni eshitgach, "MYU" o‘yinchisiga dastxati tushirilgan va tezroq sog‘ayishini tilabyozilgan o‘z futbolkasini yubordi.
"Ajoyib harakat. Uzr qabul qilindi", - deb yozadi Fosu-Mensa internetda.