Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Ham irqchilik, ham hakamdan aziyat chekkan futbolchi norozilik sifatida maydonni tark etdi

Ham irqchilik, ham hakamdan aziyat chekkan futbolchi norozilik sifatida maydonni tark etdi

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasining 34-turidan o‘rin olgan «Kalyari» - «Peskara» o‘yinida mojaro yuz berdi.

«Kalyari»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan o‘yinda «Peskara» a’zosi Salli Muntari maydonni o‘z xohishiga ko‘ra hammadan erta tark etdi.

BBC xabariga ko‘ra, Salli Muntariga irqchilik kayfiyatidagi muxlislarning o‘zini tutishi yoqmagan. O‘yinning 89-daqiqasi o‘tib borayotganida futbolchi hakamdan o‘yinni to‘xtatishni talab qilib, bunga muxlislar uni irqchilikka oid so‘zlar bilan haqorat qilayotganini sabab sifatida ko‘rsatgan.

Bosh hakam Daniele Minelli esa hech narsa eshitmaganini aytib, unga aql o‘rgatayotgan futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatgan. Shundan so‘ng Salli Muntari norozilik sifatida maydondan chiqib ketgan. Ketar chog‘da futbolchi «bu mening rangim» deb muxlislarga baqirgan.

«Muntari hakamdan vaziyatga e’tibor berishni so‘radi, referi hech narsa ko‘rmagani va eshitmaganini aytdi. Salli haq, biroq shunda ham u maydonni tark etmasligi kerak edi. Hukm chiqarish bizning izmimizda emas.

Muntari A seriyada bir necha yillardan buyon to‘p surayotgan bo‘lsa-da, bunday hol faqat bugun kuzatildi. Umid qilamanki, bizning mentalitet o‘zgaradi» - dedi Zdenek Zeman, «Peskara» bosh murabbiyi.

Uchrashuv yakuniga yetgach, Muntarining o‘zi ham vaziyatga izoh berdi.

«Ular mening sha’nimga o‘yin boshidanoq til tekkaza boshladi. Ular orasida yosh bolalar ham bor edi, biroq ota-onalari ularni to‘xtatishni xayoliga ham keltirmadi. Men ularni to‘xtatishni istadim, hakam esa tinch qo‘yishimni so‘radi.

Mening jahlim chiqdi. Hakam nega o‘yinni to‘xtatmadi-yu, meni jazoladi? Muxlislar nohaq edi. Demak, hakam meni ayblamay, o‘zini boshqacha tutishi kerak edi. Bu vaziyatda men jabrlanuvchiman» - dedi Salli Muntari, «Peskara» a’zosi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:49, 01.05.2017.
O'qildi: 4812 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик