Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Ronaldu va Chempionlar Ligasi: sevgi qissasi

Ronaldu va Chempionlar Ligasi: sevgi qissasi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangach, endi uradigan har bir goli o‘z natijasini yanada yaxshilashga xizmat qilaveradi. Chempionlar Ligasi tarixida 100 lik dovonni ilk bosib o‘tgan Ronaldu shundan 85 tasini « Real » libosida, 15 golni esa « Manchester Yunayted » safida kiritgan.

Yetakchi futbolchi yirik bellashuvlarda o‘zini ko‘rsatadi, degan ibora futbolda tez-tez qo‘llanilib kelinadi. Buning tasdig‘ini Ronaldu misolida ko‘rishimiz mumkin. « Bavariya »ga qarshi kechgan bahsda « Real »ning 7-raqamli yulduzi o‘z dubli bilan jamoasining g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shdi. « Santyago Bernabeu »da kechgan javob uchrashuvida ham portugaliyalik yulduz yuqori sport formasini namoyish eta olmagan bo‘lsada, xet-trik qayd etib, « Real »ni keyingi bosqichga olib chiqdi. 32 yoshli futbolchi o‘zining porloq davridagidek o‘ynay olmayotgan bo‘lsada, Manuel Noyer qo‘riqlayotgan « Bavariya » darvozasiga besh gol urdi !

« Bavariya »ga qarshi kechgan bahslar shuni ko‘rsatdiki, Ronaldu hal qiluvchi bahslarda o‘zini ko‘rsatishga doimo tayyor. Kurashuvchan, tug‘ma g‘olib kabi hislatlarga ega Ronaldu yuqori saviyali futbolchilar orasida hali ham o‘z o‘rnini yo‘qotgani yo‘q. Aynan « Oltin to‘p »ning amaldagi sohibi sa’y-harakatlari evaziga « Real » 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvida ishtirok etishi mumkin.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 17:24, 02.05.2017.
O'qildi: 15323 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.