Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Zidan: "Biz YECHL yarimfinalidamiz va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtojmiz"

Zidan: "Biz YECHL yarimfinalidamiz va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtojmiz"

Baho:
+ | -

"Real Madrid" jamoasi bosh murabbiyi YECHLning "Atletiko"ga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz bu uchrashuv ahamiyatini bilamiz, biz javob bahsi haqida o‘ylamayapmiz. Birinchi daqiqadan oxirgi daqiqagacha barchasini to‘g‘ri bajarishga harakat qilish kerak. Bizni muxlislar doim biz bilan va bizni "Valensiya"ga qarshi o‘yindagidek qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolamiz. Bu jamoaga katta yordam berdi.

 

Muxlislar - ular doimo "plyus". Biz ularga muhtojmiz. Bu yarim final va biz nima qilish kerakligini bilamiz. Lekin, "Santiago Bernabeu"dagi omma - jamoa uchun bonus. Bu uchrashuv "Atletiko" va biz uchun oldingilariga nisbatan umuman boshqacha qarama-qarshilik bo‘ladi. Bizda qo‘shimcha motivasiya bo‘ladi, chunki bu yarim final. Oldin nimayiki bo‘lgan bo‘lsa, bular endi o‘tmishda qoldi. O‘tmish hech qanaqasiga yordam bermaydi. Hozir hammasi boshqacha va biz finalga chiqish uchun barcha mumkin bo‘lgan ishni amalga oshiramiz".

 

Jamoa bilan suhbat haqida

 

"Siz ulardan kerak bo‘lganini ularga singdirish uchun ham jamoa bilan, ham alohida gaplashish muhim".

 

Chetlashtirishlar haqida

 

"Biz buni ustida ishlamaymiz, lekin bunga tayyor turish kerak, chunki hamma narsa bo‘lishi mumkin. Chetlashtirishlar "Bavariya" va "Barselona"ga qarshi o‘yinlarda bo‘lgandi. Kazemiro maydon markazida hal qiluvchi ahamiyatga ega, u jismoniy jihatdan kuchli va men undan o‘zini o‘yin uslubini o‘zgartirishini so‘ramayman. U qilayotgan ish - ideal. U o‘yinni boshlang‘ich qismida kartochka olishi mumkin, xuddi bir necha kun oldingidek. U agar bundan o‘zini chetga olishni uddalasa, u buni qilishga harakat qilishini biladi".

 

Favoritlar haqida

 

"Biz favorit emasmiz, bu yarim final va tamom vasalom, doimgidek 50 ga 50. G‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelganini qilishga harakat qilamiz. Biz faqat ertangi o‘yinga diqqatimizni qaratishimiz kerak, javob o‘yiniga emas".

 

Keylor Navas

 

"U o‘zini yaxshi his qilmoqda. Odamlar ko‘p gapiradi, lekin u o‘zini qilishi kerak bo‘lgan ishga diqqatini qaratgan. Mening nazdimda u yaxshi ko‘rinmoqda".

 

Kelajak

 

"Men ertangi o‘yinga diqqatimni qaratganman, xatto shanba kungi o‘yinni o‘ylamayapman. Biz nima bo‘lishini bilmaymiz va bu haqida bezovtalanmayapman".

 

Rafael Varan va markaziy himoyachilar haqida

 

"U to‘liq tiklandi va o‘zini a’lo darajada his qilmoqda. Pepe hali hamon biz bilan emas, lekin qolgan markaziy himoyachilar ajoyib holatda. Mavsumni yakuniy qismida bu 3 ta o‘yinchini safda ekanligidan xursandman. Biz safimizda faqat 2 ta markaziy himoyachi qolganida bir necha o‘yinlarni o‘tkazdik, ammo ularni 3 ta bo‘lgani yaxshiroq".

 

Safardagi gollar haqida

 

"Raqibga imkoniyatlar yaratish oson emas, lekin darvoza daxlsizligini oldingi mavsumdagidek saqlay olmayotganimiz to‘g‘ri. Raqib gol urishiga halaqit berish uchun barcha mumkin bo‘lgan ishni qilamiz. Bu bilan, o‘tkazib yuboriladigan gollardan butunlay o‘zimizni olib qocha olmaymiz. Bu futbol va raqib jamoada sizga muammolar yaratishi uchun o‘zlarini kuchli tomonlari bor. Asosiysi - raqibga qaraganda ko‘p gol urish. Ertaga nolga o‘ynashga va raqibga gol urishga harakat qilamiz">

 

Xames

 

"U menimcha yaxshi ko‘rinmoqda. U yaxshi o‘ynaydi va unda o‘yinda ishtirok etish uchun imkoniyat bor, lekin men ertaga kim maydonga tushishini aytmayman".

 

Raqibni qanday qilib hayron qoldirish haqida

 

"Boshqa bir narsa bilan. Biz bir-birimizni juda yaxshi bilamiz va hech nima o‘ylab topmoqchi emasmiz. Biz o‘yinga yaxshi tayyorlandik va o‘yinga tayyormiz. Siz hech qacohn o‘yindan oldin nima bo‘lishini bilmaysiz. Biz sabrsizlik bilan o‘yin boshlanishini kutayapmiz".

 

"Bu Chempionlar Ligasi yarim finali va doim qo‘shimcha motivatsiya bo‘ladi. Bizni oldimizda jiddiy raqib bilan to‘qnash kelish turibdi. Kichik detallar o‘yin natijasini aniqlab beradi. Biz a’lo darajadagi futbol ko‘rishni xohlaymiz".

 

Raqib haqida

 

"Atletiko" - oxirgi to‘rt yoki besh yildan beri juda yaxshi o‘ynayotgan va yillar o‘tgan sayin kuchayib borayotgan jamoa. Ular biz uchun doim muammolar yaratadi, xuddi ko‘plab jamoalar qilgani kabi. Ularni kuchi nima bo‘lishidan qat’iy nazar hech qachon taslim bo‘lmaslikdan iborat. Ular kurashadi va o‘zlarini kuchli tomonlarini biladi hamda ularni eng yaxshi obrazda foydalanadi. Shunga qaramasdan, ertaga nima bo‘lishini ko‘ramiz, chunki bizni o‘z qurolimiz bor va biz o‘z o‘yinimizga diqqatimizni qaratamiz".

 

Jamoani holati

 

"Ayni damda jamoa olding yilga qaraganda yomon ko‘rinmayapti. Yarim finalga chiqish jamoa yaxshi holatdaligini aytib turibdi. Hozir poytaxtdan ikki jamoa bir-biri bilan uchrashmoqda. Raqobat oldingidek qoladi, chunki bu derbi va biz bir-birimizni yaxshi taniymiz".

 

Bosim

 

"Men bir necha kun oldin bosim haqida gapirgandim, chunki bu oddiy his-tuyg‘u va nafaqat "Real" o‘yinchilari uchun. Barcha futbolchilar mavsum yakuni yaqinlashayotganda biroz asabiylashadi. O‘yinchilarga yarim finalda bosim o‘tkazishadi, lekin biz bunga o‘xshash o‘yinga ko‘nikkanmiz. Umid qilamanki, ertaga biz yaxshi boshlaymiz. Biz o‘yinga diqqatimizni qaratganimiz muhim hisoblanadi".

 

Krishtianu Ronalduni faoliyatini tugatganidan so‘ng

 

"Uni murabbiy sifatida ko‘rayapman. Men unga qarshi o‘ynagan bo‘lsam ham u bilan yonma-yon o‘ynamaganman. Uning natijalari ajoyib. Men boshqa o‘zgacha futbolchi bo‘lgan Ronaldo Nazario bilan o‘ynab omadim kelgan. Men biroz hasad qilganman, chunki bu qadar ko‘p gol urmaganman. Men golli uzatmalar bilan farq qilganman, lekin gol urganda keladigan tuyg‘uni his qilmaganman. Ular hal qiluvchi o‘yinchilar".

 

Marselo

 

"Biz uni qanchalik muhimligini bilamiz. U bu o‘yinga faoliyatidagi eng yaxshi holatida yaqinlashmoqda. U o‘tmish bilan yashamaydi, faqat hozir qilayotgan ishlari bilan yashaydi. Marselo doim jamoaga yordam bermaydi va ko‘prog‘ini xohlaydi. U oxirgi vaqtlarda a’lo darajadagi o‘yinchi hisoblanishini ko‘rsatmoqda".

 

Enso Francheskoli, Diyego Simeone va Mono Burgos haqida

 

"Francheskoli mening kumirim bo‘lgan va uni ko‘rish - juda zavqli. Qachonki biz ko‘rishsak, bugun qilayotgan ishlarimiz to‘g‘risida gaplashamiz. Simeone va Burgos o‘z jamoalari uchun fenomenal ishlar qilmoqda. Men El Mono bilan tanishman va uni juda hurmat qilaman. Simeoneni bilmayman, shunchaki unga qarshi o‘ynayman, ammo uni qilayotgan ishlarini hurmat qilaman, chunki tajribali murabbiy hisoblanadi".

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 20:36, 02.05.2017.
O'qildi: 4413 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.