Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

O‘zbekistonlik muxlislar Rossiyaga borishdan umidvorlar

O‘zbekistonlik muxlislar Rossiyaga borishdan umidvorlar

Baho:
+ | -

Muhtaram muxlis! Ruxsatingiz bilan bu safar mulohazalarimizni «Bavariya»ni olqishlashdan boshlaymiz. Bravo, «Bavariya»! Navbatdagi chempionlik muborak! Maydon uzra shiddatingdan ayrilma!

Mamlakatimiz futbol muxlislari hamisha sening shiddatingdan hayratlanishadi, aniqlik foizi yuqori bo‘lgan o‘yin uslubingni qadrlashadi. Mana shu shon-shavkatingdan hech qachon ayrilma!

Xalqimiz Mahtumquli so‘zi bilan aytiladigan «Ayrilma» qo‘shig‘ini xush ko‘radi, tilidan qo‘ymaydi. «O‘z yurtingdan ayrilma, o‘z qadringdan ayrilma, ustozingdan ayrilma...»,-deya xirgoyi qiladi qo‘shiq sehrlaganda. O‘zimizga ravo ko‘rganni «Bavariya»ga ham ilindik. Bundesliga chempioni shunday iltifotga arziydi. Zero, Myunxen grandi vaqtida «Borussiya» D.

O‘ziga munosib raqobatchi sifatida shakllanishi uchun zarur choralarni amalga oshirgandi. Munosib raqobatchisiz qolishdan cho‘chigan jamoa tahsinga sazovor. «Bavariya»ning bu ishidan nainki «Borussiya» D., balki butun bundesliga va  nemis futboli manfaatdor. Shu murosasiz raqobat natijasida Robert Levandovski kabi mohir hujumchi iste’dodi sayqallandi.

Bugun u - «Bavariya»ning keskin qilichi. YECHL yarim final uchrashuvlari arafasida muxlislar «Real» va «Bavariya» o‘rtasidagi chorak final to‘qnashuvlarini qayta-qayta eslashmoqda. Chunonchi, «Bavariya» javob uchrashuvining asosiy vaqtida «Real»ga munosib qarshilik ko‘rsatdi va muxlislarni hayajonda ushlab turdi. Ayni shunday qarama-qarshiliklar sabab, muxlislar futbolni sog‘inaverishadi, undan mo‘’jizalar kutaverishadi. Ishonchimiz komil, YECHL yarim final bahslari ham muxlislarga yangi mo‘’jizalarni tortiq etadi.

«Atletiko» - «Monako» tandemi «Real» - «Yuventus» juftligiga qarshi o‘zgacha tish qayramoqda. Har ikki bahsda ham futbol xumorini bosadigan tomosha ta’minlanishiga shubha yo‘q. Xatolardan xoli hisoblanayotgan «Yuve» himoyasi «Atalanta» hujumlaridan holsizlandi. Daniel Parexoning purviqor golidan gangigan «Real»ni esa Marselo qutqardi. «El-klasiko»ning so‘nggi lahzalaridan afsuslangan Zayniddin Zidan bu safar chinakamiga zavqlandi.

Ha, futbolchi va murabbiy sifatida «Real» muhitiga birdek singgan Zidandek ulkan iste’dod ham «Qirollik klubi» qudratini oxirigacha anglashi mushkul. Qudrat o‘zining imkonlarini namoyish etishini istab qolsa, o‘rtamiyonalar beixtiyor chetga surilishadi. Shuning uchun beqiyos Zizu «Real»ning so‘nggi daqiqalarda gol urish qudratidan hayratlanaveradi, ammo bu hol sababini to‘la-to‘kis tushunmaydi. Tushunishi shart ham emas. Axir bu narsa inson zotining aqliy imkoniyatlaridan tashqaridagi alohida voqelikdir.

Xullas, YECHL yarim final bahslaridan avval favoritlar qiyin imtihondan o‘tishdi va nazarimizda, eslarini yig‘ib olishdi. Biz o‘z navbatida, 4ta jamoaga ham «Maydon uzra shiddatingdan ayrilma!» deymiz yana bir bora. Axir «Real» muxlisi uchun «Valensiya» emas, balki «Atletiko» ustidan qozonilgan g‘alabaning ta’mi totliroq. «Barselona» muxlislaridan madad olayotgan «Atletiko» uchun esa «Real»ni yengish qiyosi yo‘q shon-sharafdir. Ikki ulug‘ maqsad to‘qnashuvidan esa futbol osmoni uzra yangi yulduzlar shu’lasi sochiladi va bo‘lajak iste’dodlar ongu-shuurini yoritib yuboradi.

Yo‘q, bu bemisl futbol janglari ahamiyati va taassurotini, borki mahobati va salobatini bir mulohaza asosida ifodalash qiyin. Elit darajaga mansub bunday o‘yinlar haqida o‘ylasang, o‘z-o‘zidan ko‘z o‘ngingda baland-baland futbol cho‘qqilari gavdalanadi. Xayolan va ruhan o‘sha cho‘qqilarga tenglashadi kishi beixtiyor va pastga tushgisi kelmaydi sira. Lekin tushmoq joiz, yurt futboliga yuzlashmoq - burch...

Mulohazalarimiz shu taxlit oxirigacha yuqori ruh bilan yozilishi mumkin edi. Afsuski, telefonning bezovta jiringlashi xayolimizni bo‘ldi. Poytaxtlik fidoiy futbol muxlisi Azizbek! Yo‘q, uning orzulari va mulohazalarini boricha qog‘ozga tushirolmaymiz. U aytadi: «Ming-minglab muxlislar milliy jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun Qatarga bormasliklari, borolmasliklari mumkin, biroq Rossiyaga yo‘l olishdan umidvorlar.

O‘zbekistonlik qaysidir muxlisda umri bo‘yi bir martagina 

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 22:10, 02.05.2017.
O'qildi: 4662 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.