Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Nima uchun o‘zbek futbolida hujumchilar muammoligicha qolmoqda?

Nima uchun o‘zbek futbolida hujumchilar muammoligicha qolmoqda?

Baho:
+ | -

Marat Bikmayevning faoliyati markaziy forvard sifatida boshlandi, ammo keyinchalik ampluasi ko‘p bora o‘zgardi. Asosan hujum ortida va yarim himoyada to‘p surdi. Shu jumladan, «Lokomotiv»da ham. Balki ayni sababga ko‘ra, uning to‘purarlik qobiliyati joriy mavsumga qadar soya ortida qolib ketgandir?! Bikmayev 2002 yili «Paxtakor» safida katta futbolga qadam qo‘ygan. O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini  esa 2004 yili nishonladi. Biroq faqat joriy mavsumga kelibgina uning asl to‘purarlik qobiliyatini ko‘rdik.

«Lokomotiv»da mavsum boshlanishi oldidan katta o‘zgarishlar kuzatildi. Temurxo‘ja Abduxoliqov jamoadan ketdi va uning o‘rniga taklif etilgan Krizo raqobatga dosh berolmadi. Shu bois Marat Bikmayev doimiy hujumchi sifatida to‘p sura boshladi va bu qarorning qay darajada to‘g‘ri ekanligini bugun ko‘rib turibmiz. Gapimiz quruq bo‘lib qolmasligi uchun uni statistika bilan to‘ldirsak - Bikmayev joriy mavsum oliy ligada 7ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi. Osiyo Chempionlar Ligasidagi raqamlar ham shunga o‘xshash - 5ta o‘yin va 5ta gol. Demak, Marat umumiy hisobda 12ta o‘yinda 12ta to‘p kiritgan. Bunday natijaga ancha-muncha hujumchi havas qilishi turgan gap. U shu kabi ko‘rsatkichni 2011 yili «Alaniya»da namoyish etgandi. O‘shanda ham hujumda to‘p surgan.

O‘zbekiston terma jamoasining hujum chizig‘ida muammo borligi haqida ko‘p gapiriladi. Darhaqiqat, Shkvirin, Abduraimov, Maqsudov va Irismetovlar davri allaqachon o‘tgan. Bu avlodning so‘nggi vakili Maksim Shaskix edi va uning ketganiga ham ancha bo‘ldi. Shundan buyon ularning o‘rnini bosa oladigan hujumchi topilmadi. Sergeevga umid bog‘lagandik, ammo u ham hozir o‘rtamiyona futbolchiga aylanib qolgan. Xo‘sh, bunga sabab nima?

O‘zbek futbolida so‘nggi vaqtlarda g‘alati an’ana paydo bo‘lgan - nima uchundir hujumchilardan yarim himoyachi yasashga urinadilar. Forvard muammosi yechimini topmayotgan bir pallada Eldor Shomurodovning yarim himoyachiga aylanib qolganiga allaqachon ko‘nikdik. Vaholanki, u ham faoliyatini hujumda boshlagan va hozir bu ishni ko‘ngildagidek uddalay olishini Chempionlar Ligasi doirasidagi «Al-Ahli»ga qarshi kechgan o‘yinda ko‘rdik. Shomurodov gol urdi va jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Darvoqe, bu yutuq «Bunyodkor» uchun joriy mavsum OCHLda birinchisi bo‘ldi. Bunga qadar o‘tkazilgan 4ta o‘yinda «qaldirg‘ochlar» mag‘lubiyatga uchragan, o‘sha bahslarda Shomurodov yarim himoyachi sifatida to‘p surgandi. Kim biladi deysiz, balki «Bunyodkor»ga gol uradigan futbolchi yetishmagandir?

Endi bir savolni o‘rtaga tashlasak - nima uchun shunday o‘yinchilar bo‘lgani holda hujumchi muammosi haqida qayta-qayta ta’kidlaymiz? Buning o‘rniga, shunchaki, raqib darvozasi oldida o‘ynashga uquvi borlarni o‘sha chiziqqa qo‘ygan yaxshi emasmi?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 03:13, 03.05.2017.
O'qildi: 6508 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик