Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Florentino Peres «Real»ning «oltin dubli» uchun katta mukofot ajratdi

Florentino Peres «Real»ning «oltin dubli» uchun katta mukofot ajratdi

Baho:
+ | -

«Real» futbolchilari Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida g‘olib chiqib, «oltin dubl»ga erishsa, katta miqdorda mukofot olishadi.

Florentino Peres jamoani rag‘batlantirish uchun 40 mln yevro mablag‘ ajratdi.

Joriy mavsumda «Real» Chempionlar ligasidagi ishtirokidan 30 mln yevro ishlab oldi. Agar yarimfinal to‘sig‘idan o‘tsa, bu summaning ustiga yana 7,5 mln yevro qo‘shiladi. Agar finalda yutqazsa 11 mln yevro, g‘olib chiqsa 15 mln yevro olishi mumkin. Telehuquqlarni sotishdan esa 20 mln yevro daromad oladi. Chempionlar ligasining g‘olibi umumiy hisobda 75 mln yevro ishlab olishi mumkin.

Agar «Real» har ikkala musobaqada g‘alaba qozonsa, mukofotlar quyidagicha taqsimlanadi: 36 mln yevro – asosiy jamoaning 24 futbolchisi orasida taqsimlanadi (har biriga 1,5 mln yevrodan). 2 mln yevro bosh murabbiy Zidanga tegadi. Qolgan 2 mln yevro murabbiylar shtabi a’zolari, Akademiyaning Chempionlar ligasi «B ro‘yxat»iga kirgan 11 futbolchisi, shuningdek asosiy jamoa bilan ishlaydigan boshqa xodimlarga taqsimlab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta «Real» «oltin dubl»ga 59 yil oldin – 1957/58 mavsumda erishgandi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 11:53, 04.05.2017.
O'qildi: 17495 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.